Jamiyat | 16:00 / 23.11.2021
5746
6 daqiqa o‘qiladi

www.tbc-ornamens.uz raqamli katalog taqdimoti

Foto: TBC Bank Uzbekistan

18 noyabr kuni O‘zbekiston Tasviriy san'at galereyasida TBC Bank Uzbekistan homiyligi ostida o‘tkazilayotgan TBC Ornamens nomli noyob ijtimoiy loyihasi doirasida www.tbc-ornamens.uz platformasining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbir mehmonlari – dizaynerlar, modelerlar, jurnalistlar, rejissyorlar, san'atshunoslar, tadbirkorlar va TBC Ornamens loyihasi hamkorlari nafaqat veb-saytni, balki birinchi raqamlashtirilgan naqshlarni ham ko‘rishdi.

Joriy yilning bahorida TBC Bank Uzbekistan milliy naqshlarni raqamlashtirish va hamma foydalanishi uchun raqamli katalog yaratish maqsadi bilan loyihaning boshlanishi haqida e'lon qildi.

Foto: TBC Bank Uzbekistan

Aprel oyida Toshkent – Samarqand – Urgut – Nurota – Buxoro – G‘ijduvon yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zbek to‘qimachiligiga bag‘ishlangan birinchi ekspeditsiya bo‘lib o‘tdi. 100 dan ortiq naqshlar suratga olindi, ular bilan ekspeditsiya a'zolari muzey va ustaxonalarda tanishib chiqishdi. Ekspeditsiyadan qaytgach, har bir naqshni raqamli formatga o‘tkazish bo‘yicha, ularning tavsifini tayyorlash va milliy naqshlarning to‘liq ma'lumotlar bazasini to‘plash uchun raqamli platforma yaratish ishlari boshlandi.

Raqamli platforma taqdimotini TBC Bank Uzbekistan boshqaruv raisi Spartak Tetrashvili va TBC Bank Uzbekistan marketing bo‘yicha direktori Kamilla Mo‘minovalar ochib berishdi.

Foto: TBC Bank Uzbekistan

Spartak Tetrashvili quyidagilarni ta'kidlab o‘tdi: «TBC Ornamens loyihasi Gruziyada muvaffaqiyat bilan amalga oshirilgan. O‘zbekistonga kelib, bu mamlakat madaniyati bilan tanishar ekanmiz, bunday loyiha bu yerda ham katta imkoniyatlarga ega ekanligini angladik. Qolaversa, mahalliy dizaynerlar va tadbirkorlar hamjamiyati o‘zbek naqshlarini eng yaxshi sifatda topishda ko‘pincha qiyinchiliklarga duch kelishini bilib oldik. Mazkur loyiha bilan biz o‘zbek milliy amaliy san'atining tiklanishiga o‘z hissamizni qo‘shmoqchimiz va milliy naqshlarga yangi raqamli hayot baxsh etish istagimiz bor».

TBC Ornamens loyihasining ishtirokchilari va bevosita mutasaddilari Feruzxon Yakubxodjayev va Sardor Babayev loyihaning paydo bo‘lish tarixi va birinchi ekspeditsiya taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar.

Foto: TBC Bank Uzbekistan

Raqamlashtirishning birinchi bosqichida loyihani qo‘llab-quvvatlagan kompaniyalar vakillari ham tadbir mehmonlari sifatida ishtirok etishdi. Uztelecom, Testo, B&B, Chaykof kompaniyalari naqshlarni qadoqlash dizayni va reklama kampaniyalarida birinchi bo‘lib qo‘llashdi.

Uztelecom milliy operatori vakili Sojida Ibragimova 200 ming tirajda chop etilgan yangi SIM-kartalar dizayni va «Milliy» tarif to‘plamining reklama tasvirlarini ilk raqamlashtirilgan naqshlardan foydalangan holda namoyish etdi.

Foto: TBC Bank Uzbekistan

Tadbirning uzoq kutilgan qismi platformani loyihalash va ishlab chiqish guruhi rahbari Aziz To‘xtasinovning nutqi bo‘ldi. Aziz mehmonlarga yangi saytning interfeysi, uning navigatsiyasi va imkoniyatlarini namoyish etdi. Platforma rang filtri yordamida naqshlarni tanlash, shuningdek, kerakli fayllarni qulay formatda (PSD, EPS, PNG) yuklab olish imkonini beradi. Siz tbc-ornamens.uz saytida nafaqat naqshlarning barcha xilma-xilligini ko‘rishingiz mumkin, balki naqsh nomi, uning tarixi, qo‘llash xususiyatlari va boshqa qiziqarli ma'lumotlar bilan ham tanishib chiqishingiz mumkin.

TBC Ornamens jamoasi loyihani barcha yo‘nalishlarda uzoq muddat davomida rivojlantirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Yaqin kelajakda ikkinchi ekspeditsiya rejalashtirilgan bo‘lib, u asosan Farg‘ona vodiysi hududi bo‘ylab o‘tadi va o‘zbek kulolchiligiga bag‘ishlangandir.

Foto: TBC Bank Uzbekistan

Katalogni doimiy ravishda yangi naqshlar bilan to‘ldirishdan tashqari, tbc-ornamens.uz platformasining interfeysida innovatsiyalarni joriy etish, brendlar, muzeylar, amaliy san'at ustaxonalari bilan turli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. 

TBC Bank Uzbekistan haqida

TBC Bank 30 yillik tarixga ega bo‘lib, Gruziya va Kavkazortida eng yirik bank hisoblanadi. 2016 yildan beri TBC Bank aksiyalari London fond birjasida ro‘yxatga olingan. O‘tgan yil davomida London fond birjasida TBC Bank aksiyalarining kotirovkalari 44,95 foizga oshdi va kompaniya barcha aksiyalarining bahosi 1 milliard AQSh dollaridan ortiq miqdorda tashkil etdi (784,14 million funt sterlingda).

TBC Bank O‘zbekiston bozoriga 2020 yil oktabr oyida mamlakatdagi birinchi raqamli bank sifatida kirdi. Ayni paytda TBC UZ ilovasi 1,3 milliondan ortiq yuklab olingan bo‘lib, ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar soni 850 mingga yaqin foydalanuvchini tashkil etadi.

Bank raqamli formatda quyidagi xizmatlarni taqdim etadi: pul o‘tkazmalar, kreditlar, depozitlar, muddatli to‘lov, bank kartalari va hisob bo‘yicha to‘lovlar. Barcha xizmatlardan TBC UZ ilovasi orqali foydalanish mumkin.

Bank o‘z mahsulot turlarini kengaytirish ustida faol ishlamoqda va insonlar hayotini osonlashtirishga shu yerda va hozir intilmoqda.

Batafsil ma'lumotni bizning rasmiy kanallarimizdan topasiz:

https://www.tbcbankgroup.com

https://www.tbcbank.ge/web/en

Facebook: @tbcbankuz

Instagram: @tbcbankuzbekistan

Telegram: @tbc_bank_uzb

Website: tbcbank.uz

24/7 Baxt markazi telefon raqami: +998 78 777 27 27

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid