Xorvatiya va Estoniyaning O‘zbekistondagi yangi elchilari tayinlandi
2021 yilning 25 noyabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Xorvatiya va Estoniyaning favqulodda va muxtor elchilari (qarorgohi Nur-Sulton shahrida) etib tayinlangan Refik Shabanovich va Toomas Tirsni qabul qildi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, vazir ishonch yorliqlarini qabul qilib, elchilarni yangi lavozimga tayinlangani bilan tabriklagan va mas'uliyatli lavozimida muvaffaqiyatlar tilagan.
Suhbat chog‘ida ikki tomonlama va «O‘zbekiston – Yevropa ittifoqi» shaklida O‘zbekiston-Xorvatiya va O‘zbekiston-Estoniya munosabatlarining dolzarb masalalari muhokama qilingani aytiladi.
Siyosiy-diplomatik, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda o‘zaro manfaatli aloqalarni kengaytirish bo‘yicha amaliy takliflar ko‘rib chiqilgan.
Mintaqadagi hozirgi vaziyat yuzasidan fikr almashildi, deyiladi vazirlik ma'lumotida.
Mavzuga oid
08:30 / 20.09.2024
Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi
14:32 / 14.09.2024
Urugvayning yangi elchisi TIVda akkreditatsiyadan o‘tdi
13:29 / 14.09.2024
Beninning yangi tayinlangan elchisi O‘zbekistondagi vazifasini bajarishga kirishdi
11:51 / 14.09.2024