Foto: Britaniya shimoliga kuchli bo‘ron yopirildi
O‘tgan hafta oxirida Britaniya shimoliga yopirilgan “Arven” bo‘roni kamida 3 kishini hayotdan olib ketdi. Ularning 2 nafari avtomobil ustiga daraxt qulashi oqibatida vafot etdi, yana bir kishining ustiga daraxt qulagan.
Birlashgan Qirollik meteorologiya xizmati shanba kuni mamlakatning ayrim qismlarida boshlangan kuchli shamolning tezligi 44 metr/sekundga yetishi ortidan xavfning eng yuqori – qizil darajasini e'lon qildi. Kuchli shamol oqibatida mamlakat shimolida 100 mingdan ortiq inson bir necha kun davomida elektr energiyasidan uzilib qolgan.
Keyinchalik xavf darajasi sariqqa tushirilgan bo‘lsa-da, aholidan ogohlikni saqlash va zaruratsiz ko‘chaga chiqmaslik so‘ralmoqda.
Britaniya Energiya tarmoqlari assotsiatsiyasi bo‘ron oqibatida infratuzilmaga yetgan zararni 2005 yildan keyingi davrdagi eng kattasi deb atadi.
Dam olish kunlari Birmingem atrofi va Shotlandiyaning ayrim shaharlarida boshlangan kuchli qor bo‘ronlari temir yo‘l va avtomobil transporti harakatini cheklab qo‘ydi. Angliya Premer-ligasi doirasidagi bir nechta futbol o‘yinlari qoldirildi.
OAVda tabiiy ofat manzaralari aks etgan suratlar keng tarmoqda.
Mavzuga oid
19:02 / 10.11.2024
The Guardian: Buyuk Britaniya hukumat almashganidan keyin Ukrainaga raketalar yetkazishni to‘xtatdi
00:46 / 10.11.2024
Britaniyada odamlarning DNK ma’lumotlarini saqlab kelgan kompaniya izsiz yo‘qoldi
18:17 / 08.11.2024
AQSh ortidan Britaniya ham O‘zbekistonning Uzstanex kompaniyasiga qarshi sanksiya kiritdi
22:11 / 07.11.2024