Jamiyat | 17:00 / 15.12.2021
9664
4 daqiqa o‘qiladi

Chust tumanida “Universalbank” filialining yangi binosi ochildi

Namangan viloyatining Chust tumanida shu kungacha “Universalbank”ning mini-banki faoliyat yuritib kelayotgan edi. Faol rivojlanayotgan bank mijozlari soni 11 mingdan oshdi. 14 dekabr kuni tuman markazida “Universalbank” filiali muhtasham binosining ochilish marosimi o‘tkazildi.

Tadbirni Chust tumani hokimining o‘rinbosari Jamshid Bahodirov ochib bergach, sektor rahbarlari o‘z tilaklarini bildirdilar. “Universalbank” kuzatuv Kengashi raisi Anvar Irchayev tuman ahli va bank mijozlarini ish yuritish uchun barcha qulayliklarga ega bank filiali binosining ochilishi bilan tabrikladi.

Mutasaddilar va mehmonlar yangi inshootda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.

“Ta’kidlash joizki, bu yil bankimiz uchun omadli yil buldi. Chust filiali joriy yilda faoliyat yuritishni boshlagan ikkinchi filialimizdir. Mijozlarimiz, hamkorlarimiz ishonchi tufayli “Universal bank” rivojlanmoqda, kengaymoqda. Moslashuvchan tariflar, mijozlar biznesining o‘ziga xos xususiyatlariga individual yondashuv, bozor ehtiyojlariga mos ravishda yangi zamonaviy bank mahsulotlarini ishlab chiqarish – bankimiz asosiy yo‘nalishlari.

Hozirgi vaqtda bank rivojlanishning yangi bosqichida bo‘lib, bu ilg‘or bank texnologiyalaridan foydalanish, barcha turdagi bank mahsulotlariga bo‘lgan real talab o‘zgarishiga tezkor javob berish va mijozlarga xizmat turlari ko‘payishini o‘z ichiga oladi. Mijozlarimiz va hamkorlarimizga bizga bildirgan ishonchlari uchun chin qalbimizdan minnatdorchilik bildiramiz. Ishonchimiz komilki, kelajakda Chust filiali mijozlarimizga yuqori sifatli bank mahsulotlari va xizmatlarini takdim etgan holda har tomonlama rivojlanishga o‘z hissamizni qo‘shamiz”, — deydi “Universalbank” kuzatuv Kengashi raisi Anvar Irchayev.

Bank faoliyati ustav kapitalini oshirishga qaratilgan bo‘lib, uning ko‘rsatkichlari 127,7 mlrd. so‘mni tashkil etadi. Aktivlar va uning rentabelligi ko‘p marotaba oshdi va 1,1 trln so‘mni tashkil etdi.

Bank xizmatlari markazlarining joylashuvi tadbirkorlik muhitining yanada faol rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Xususan, bank filiallari mamlakatimizning 12 viloyatidan 8 tasida mavjud. Toshkent shahrida va viloyatlarda 6 ta filial, 30 dan ortiq mini bank va xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyat yuritmoqda.

Bank o‘zining samarali boshqaruvi uchun mas’ul bo‘lgan, katta tajribaga ega yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirilgan yangi tarkibiy bo‘linmalar yaratmoqda. Yosh bank xodimlarini o‘qitish va tayyorlashga katta e’tibor qaratilmoqda. Xodimlar soni so‘nggi 3 yil ichida ikki baravarga ko‘paydi.

Bank mijozlar sonini ko‘paytirish bo‘yicha asosiy ustuvor vazifasi ustida samarali ishlamoqda. Masalan, 2020 yilda mijozlar soni 82 mingdan oshdi. Bank mijozlari – farmatsevtika, savdo korxonalari, sanoat, qurilish, transport va kommunikatsiyalar, kichik biznes sektori, xususiy tadbirkorlik, qishloq xo‘jaligi kabi iqtisodiyotning barcha sohalarini ifodalovchi korxonalar, shuningdek, 11,5 mingdan ortiq xizmat ko‘rsatish korxonalari hisoblanadi. Shuningdek, bank chakana savdo sohasidagi mijozlarni ko‘paytirish bo‘yicha faol ish olib bormoqda. Bugungi kunda ushbu mijozlarning umumiy soni 243 mingdan oshdi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid