Jahon | 14:43 / 21.12.2021
4944
2 daqiqa o‘qiladi

Moldova sobiq prezidenti davlat mablag‘ini o‘zlashtirishda gumonlanmoqda

Gap budjetning 12 mln dollar miqdoridagi mablag‘i o‘g‘irlanishi haqida bormoqda.

Foto: RIA Novosti

Moldova sobiq prezidenti Igor Dodon davlat mablag‘larini o‘zlashtirishda ishtirok etish fakti bo‘yicha prokuraturaga so‘roqqa chaqirildi

«Igor Dodon Energocom korxonasi bilan bog‘liq jinoyat ishi bo‘yicha so‘roq berish va gumonlanuvchi sifatida e’tirof etish uchun bosh prokuraturaga chaqirildi. Dodon 27 dekabr kuni kelishi lozim», — dedi mamlakat bosh prokuraturasi matbuot kotibi Marianna Kerpek.

Gap budjetning 12 mln dollar miqdoridagi mablag‘i o‘g‘irlanishi haqida bormoqda.

Surishtiruvga ko‘ra, 2008 yilda Moldovani elektr energiyasi bilan ta’minlaydigan Energocom kompaniyasi mamlakat iqtisodiyot vazirligi xodimlari va boshqa shaxslar bilan elektrni sotib olish narxini sun’iy ravishda oshirib ko‘rsatish va oradagi farqni o‘zlashtirish bo‘yicha til biriktirgan. Dodon o‘sha paytda Moldova iqtisodiyot vazirligiga rahbarlik qilgan va mamlakat bosh vazirining o‘rinbosari bo‘lgan.

Mavzuga oid