O‘zbekiston | 12:00 / 23.12.2021
17795
3 daqiqa o‘qiladi

1000 kishilik palov. FOODCITY taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Foto: Food City

Toshkent viloyatida Foodcity markazining yaqin kunlarda foydalanishga topshirilishi va ishga tushirilishiga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Foto: Food City

60 gektar maydonda barpo qilingan yangi bozor O‘zbekistondagi ilk qishloq xo‘jaligi klasteri va zamon talablariga javob beradigan savdo maydonchasi bo‘ladi.

Foto: Food City

Savdo kompleksi o‘z mahsulotlarini olib keladigan dehqon va tadbirkorlar uchun qulay hududda joylashgan.

Yuk va yengil avtomobillar bir-biriga xalaqit qilmasdan bozor hududiga bemalol kirib-chiqishi uchun 12 qatorli kirish-chiqish yo‘laklari barpo qilingan. 24/7 tartibida ishlaydigan bozorda 16 000 m2 maydonli 5ta kross-dok bokslari, 6000 m2 quruq ombor, 7000 m2 sovitkichli ombor bor. Biznes markazi, 20 000 m2 yopiq bozor hamda fud-kort xaridorlar va tadbirkorlar xizmatiga shay.

Foto: Food City

Tadbirkorlar bilan 2500 savdo rastasi va pavilonlarini ijaraga berish bo‘yicha shartnomalar tuzilmoqda. FOODCITY ma’muriyatining bildirishicha, dehqon bozoridagi rasta va savdo pavilonlar boshlang‘ich davrda 2-3 oy muddatga tekinga ijaraga beriladi.  

Taqdimot munosabati bilan so‘zga chiqqan Bektemir tumani hokimi Tapil Mahamadziyoyev ushbu bozor foydalanishga topshirilishi bilan asl dehqonlar yetishtirgan mahsulotini bexavotir sotib, uyiga qaytishiga shart-sharoit barpo etilishiga ishonch bildirdi.

Foto: Food City

Dorixonalar, bankomatlar, kimyoviy tozalash xizmati, maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, sartaroshxonalar, avia va temir yo‘l chiptasi kassalari, 250 o‘rinli zamonaviy mehmonxona, 4 qavatli biznes markazi savdo majmuasidagi muhim qulayliklardan hisoblanadi.

Ha aytgancha, shaharliklar va poytaxt mehmonlari uchun transport qulayligi ham chetda qolmagan. Maxsus barpo etilgan avtoshohbekatga 36ta yo‘nalishda qatnovchi avtobuslar xizmati yo‘lga qo‘yiladi. Yo‘nalishli taksilar uchun alohida to‘xtash bekati tashkil etish imkoniyati ham mavjud.

Taqdimot munosabati bilan amru-ma’ruf qilinib, Qur’on oyatlari tilovat qilindi. Ehson dasturxoni yozilib, xayrli duoga qo‘l ochildi.

Batafsil ma’lumot: t.me/foodcityuz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid