Jahon | 14:24 / 28.12.2021
5224
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyning yana bir shahrida qat’iy cheklovlar joriy etildi

Avvalroq aholisi 13 mln kishilik Sian shahri dezinfeksiya qilinishi aytilgandi. 

Foto: Getty Images

Xitoyning Yanan shahrida koronavirus tarqalishi sababli bir necha yuz kishiga uylarini tark etmaslik buyurildi, deb xabar berdi mahalliy OAV.

Sian shahridan uch yuz kilometr masofada joylashgan Yananda qat’iy cheklovlar joriy etilmoqda.

Avvalroq aholisi 13 mln kishilik Sian shahri dezinfeksiya qilinishi aytilgandi

Oxirgi 3 kunda shaharda kunlik kasallanish holatlari soni 3 marta oshgan. Shu sababli koronavirusga qarshi kurashish mahalliy markazi shaharda dezinfeksiya ishlarini o‘tkazishga qaror qilgan.

Xitoyda "omikron" shtammini yuqtirish bilan bog‘liq yettita holat qayd etilgan.

Mamlakatda o‘tgan sutkada 209ta koronavirus yuqtirish holatlari aniqlangan.

Mavzuga oid