Jizzaxda sodir bo‘lgan YTHda Farg‘ona viloyatida yashovchi fuqaro vafot etdi
Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida sodir bo‘lgan YTHda Farg‘ona viloyatida yashovchi fuqaro vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, M39 Almati-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining G‘allaorol tumani Mirzabuloq qishlog‘i hududidan o‘tgan 1021-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida Qo‘rg‘oncha QFYda yashovchi haydovchi Nexia mashinasi boshqaruvini yo‘qotgan. Mashina yo‘l chetidagi beton to‘siqqa urilgan. Oqibatda mazkur mashina yo‘lovchisi Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida yashovchi fuqaro og‘ir tan jarohatlari olib vafot etgan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan G‘allaorol tumani IIB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi
15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi
13:07 / 27.07.2024
Qamchiq dovonida 3 ta yuk avtomobili va Mercedes-Benz Sprinter ishtirokida YTH yuz berdi
07:35 / 27.07.2024