Jahon | 21:14 / 03.01.2022
6663
2 daqiqa o‘qiladi

Apple dunyoning eng qimmat kompaniyalari reytingida yana yetakchi bo‘ldi

Ikki yil avval dunyo reytingida birinchi o‘rinda bo‘lgan Saudiya Arabistonining Saudi Aramco kompaniyasi to‘rtinchi o‘ringa tushgan. 

Foto: AP

Amerika IT-konsernlari dunyoning eng qimmat kompaniyalari ro‘yxatida yuqori o‘rinlarni egalladi.

Bozor qiymati qariyb 3 trln dollarga yetgan Apple ro‘yxatda birinchi pog‘onada joylashdi. Kompaniyaning bir dona aksiyasi narxi bir yil ichida 31 foizga oshgan.

Microsoft ro‘yxatda ikkinchi o‘rinda bormoqda. Kompaniya aksiyalari yil davomida 52 foizga qimmatlashgan, bozor qiymati esa 2,57 trln dollar deb baholanmoqda.

Uchinchi o‘ringa joylashgan Alphabet kompaniyasining bozor qiymati 1,96 trln dollarga yetgan.

Ikki yil avval dunyo reytingida birinchi o‘rinda bo‘lgan Saudiya Arabistonining Saudi Aramco kompaniyasi to‘rtinchi o‘ringa tushgan. 

Undan keyingi o‘rinni 1,72 trln dollar kapitalizatsiya bilan Amazon egalladi.

Avtomobil ishlab chiqaruvchilar orasida Tesla yuqoriga ko‘tarilgan. Kompaniyaning birja qiymati uch yilda 20 baravarga oshib, 1,1 trln dollarga yetgan. Hozirda kompaniya dunyoning eng qimmat brendlari reytingida oltinchi o‘rinda turibdi. 

Reytingda 19-o‘rindan joy olgan Fransiyaning LVMH konserni (414 mlrd dollar) Yevropaning eng qimmat kompaniyasi bo‘lib turibdi. Undan keyingi o‘rinni Shveytsariyaning Nestle korporatsiyasi band etgan.

Xitoyning Tencent va Alibaba kompaniyalari eng qimmat brendlar yuqori o‘ntaligini tark etgan.

Mavzuga oid