Toshkentdagi havo sifati: Bir-biriga zid ikki talqin
Toshkent havosi sifati bo‘yicha AQSh elchixonasiga o‘rnatilgan moslama qaydlariga ishonish kerakmi yoki Gidrometeorologiya xizmatining?
AQShning Toshkentdagi elchixonasida o‘rnatilgan havo sifatini o‘lchash moslamasi qaydlariga ishonilsa, shaharda havo sifati borgan sari yomonlashmoqda. Poytaxtda 2021 yil davomida faqat sanoqli kunlardagina “havo sifati yaxshi” deb topilgan.
Masalan, havo sifati indeksida “yashil”, ya’ni havo sifati yaxshi kunlar soni Toshkentda 2021 yil davomida atigi 22 kunni tashkil qilgan.
Ammo... O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati markazi elchixonaning bu ma’lumotlarini butun shaharga joriy qilib bo‘lmasligini aytib, natijalarni doim inkor qilib keladi.
Xizmat mutaxassislariga ko‘ra, ularning Toshkent shahridagi xuddi AQSh elchixonasidagi kabi qurilmalari havo sifatining inson hayotiga xavf tug‘diradigan darajada ifloslanishni qayd etmagan. Qiziq-a? Bir shaharda bir xil moslamalar qanday qilib ikki xil va yana juda katta farqdagi ko‘rsatkichlarni ko‘rsatishi mumkin?
Kimga ishonish kerak: AQSh elchixonasi ma’lumotlarigami yoki O‘zbekiston gidrometrologiya xizmatining.
Kun.uz muxbiri shu kabi savollar bilan Gidrometeorologiya hamda Sanitariya, osoyishtalik va jamoat salomatligini saqlash xizmatiga murojaat qildi.
Ma’lum qilinishicha, “O‘zgidromet” Toshkentdagi havo sifatini shaharning 15ta nuqtasiga o‘rnatilgan moslamalar orqali o‘lchab boradi. Markazdagilar 15ta qurilmadan olingan ma’lumotlar bitta joydan (elchixona) yig‘ilgan ma’lumotlarga qaraganda aniqroq bo‘lishini aytishmoqda.
Ikkinchi izoh shundan iborat bo‘ldiki, O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti havo sifati bo‘yicha tasdiqlagan mezonlarda 4-5 barobar farq bor. Ya’ni JSST standarti bo‘yicha “yomon” (inson hayotiga xavf tug‘diruvchi) havoni O‘zbekiston rasmiylari “qoniqarli” (inson hayotiga xavf tug‘dirmaydigan) deb hisoblaydi. Mazkur farq quyidagi jadvalda aks etgan:
Batafsil yuqoridagi ko‘rsatuvda tomosha qiling.
Ilyos Safarov tayyorladi.
Mavzuga oid
15:45
Hafta o‘rtalarida O‘zbekistonda kechasi havo harorati noldan pastga tushadi
12:21
12 noyabr kuni harorat 19 darajagacha ko‘tariladi
22:45 / 10.11.2024
Toshkentda «zakladchik»ni kaltaklagan uch nafar shaxs qo‘lga olindi
14:31 / 09.11.2024