O‘zbekiston | 12:17 / 24.01.2022
2067
1 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda ko‘p miqdorda psixotrop dorilar sotayotgan fuqarolar qo‘lga olindi

Foto: IIB axborot xizmati

Samarqand shahrida ko‘p miqdorda psixotrop dorilar sotayotgan fuqarolar qo‘lga olingan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, 2022 yil 21 yanvar kuni Samarqand viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari hamkorligida Samarqand shahrida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqarolar B.U. va E.R. 1 008 dona kuchli ta’sir qiluvchi “Regapen 300 mg” nomli psixotrop dori vositalarini 23 million so‘mga sotayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Tadbir yakunida jami 1 120 dona “Regapen 300 mg” psixotrop dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Qayd etilishicha, hozirda ushbu aniqlangan holat bo‘yicha tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Samarqandda “Tramadol” psixotrop dorisini olib yurgan shaxs ushlandi

Mavzuga oid