Angrenga yangi hokim tayinlandi. Shukurulla Mahmudov viloyat hokimi o‘rinbosarligiga o‘tkazildi
Bugun, 31 yanvar kuni xalq deputatlari Angren shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Toshkent viloyati hokimligi xabariga ko‘ra, sessiyada viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Zoyir Mirzayev ma’ruza qildi.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Shu vaqtga qadar Angren shahar hokimi lavozimida ishlab kelgan Shukurulla Mahmudov Toshkent viloyati hokimiga qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosar etib tayinlanishi munosabati bilan shahar hokimi lavozimidan ozod qilindi.
Angren shahar hokimi lavozimiga Nuriddin Abdurahmonov nomzodi ko‘rsatilib, deputatlar tomonidan tasdiqlandi.
N. Abdurahmonov Piskent tumanida tug‘ilgan. Mutaxassisligi bo‘yicha moliyachi. Shu vaqtga qadar prezident administratsiyasining mas’ul xodimi sifatida faoliyat yuritib kelgan.
Mavzuga oid
16:31 / 04.11.2024
O‘zbekistonning Indoneziyadagi yangi elchisi tayinlandi
15:44 / 01.11.2024
Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari qamoqqa olindi
18:28 / 30.10.2024
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi
18:32 / 28.10.2024