Umra safari ziyoratchilarining birinchi guruhi O‘zbekistonga qaytdi
Pandemiyadan so‘ng ilk marotaba tashkil qilingan Umra safari ziyoratchilarining birinchi guruhi 1 fevral kuni O‘zbekistonga qaytib keldi. Bu haqda O‘zbekiston Musulmonlari idorasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, dastlabki guruhda 250 nafar ziyoratchi bo‘lgan. Ayni kunlarda 1000 dan ortiq o‘zbekistonliklar Saudiyada bo‘lib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, o‘zbekistonlik birinchi guruh ziyoratchilar shu yilning 22 yanvar kuni Umra ziyoratini amalga oshirish uchun Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketgan edi.
O‘zbekiston Musulmonlari idorasi pandemiya talablari, Saudiya Arabistonida 15 foizlik QQSning joriy qilinishi hamda narx-navo ko‘tarilgani sababli o‘zbekistonlik Umra ziyoratchilari uchun to‘lov miqdori oshirilgan, deya izoh bergandi.
Umra ziyorati uchun Saudiya Arabistoniga 2022 yil 1 fevraldan har kuni bittadan reys, 10 fevraldan esa har kuni 2ta reys amalga oshirilishi ma’lum qilingan. Shuningdek, Ramazon oyi davomida kunlik reyslar soni 3tagacha oshirilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
10:59 / 04.07.2024
Umra tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish litsenziyalanadigan faoliyatning alohida turi sifatida belgilandi
14:57 / 08.01.2024
O‘zbekistonda umra ziyorati uchun narxlar arzonlashdi
07:31 / 20.07.2023
Shavkat Mirziyoyev Umra amallarini bajardi
18:45 / 26.06.2023