O‘zbekiston | 10:13 / 06.02.2022
4578
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: Kunlik holatlar 900dan kamaydi

Sog‘liqni saqlash vazirligi kasallanish holatlari soni pasayishda davom etayotgani, so‘nggi bir kunda O‘zbekistonda 887 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangani haqida xabar berdi.

«2022 yil 5 fevral holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 228796 (+887) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi SSV xabarida.

O‘zbekistonda 3 fevral kuni ilk bor kunlik holatlar mingdan kamaygani (+926) xabar qilingandi. Shundan buyon kunlik holatlar mingdan oshmadi - 4 fevral kuni 961, 5 fevral kuni 912 holat qayd etilgandi.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 32 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 19 nafari Andijon viloyatida,
  • 20 nafari Buxoro viloyatida,
  • 18 nafari Jizzax viloyatida,
  • 20 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 12 nafari Navoiy viloyatida,
  • 17 nafari Namangan viloyatida,
  • 49 nafari Samarqand viloyatida,
  • 8 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 45 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 61 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 41 nafari Xorazm viloyatida,
  • 107 nafari Toshkent viloyatida,
  • 438 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida: 

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 9 nafar,
  • Buxoro viloyatida 22 nafar, 
  • Jizzax viloyatida 9 nafar,
  • Qashqadaryo viloyatida 27 nafar,
  • Navoiy viloyatida 13 nafar,
  • Samarqand viloyatida 94 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida 16 nafar,
  • Surxondaryo viloyatida 28 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 117 nafar,
  • Xorazm viloyatida 40 nafar,
  • Toshkent viloyatida 27 nafar,
  • Toshkent shahrida 50 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 212183 (+452) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 93 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, koronavirusga chalingan bemorlardan 3 nafari vafot etib, rasmiy statistika bo‘yicha kasallikdan vafot etganlar soni 1584 nafarni tashkil qildi.

Vazirlik so‘nggi bir kunda yana 148 kishida pnevmoniya aniqlangani haqida xabar qilgan.

Mavzuga oid