Milliy valuta – so‘m ramzini yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qilindi
Hozirga qadar boshqa valutalardan farqli ravishda o‘zbek so‘mida ramz ko‘rinishidagi belgi qabul qilinmagan.
Markaziy bank o‘zbek milliy valutasining xalqaro nufuzini oshirish va keng tanilishini ta’minlash maqsadida so‘m ramzini yaratish bo‘yicha tanlov o‘tkazadi.
Unda mamlakat milliy valutasining xalqaro miqyosda o‘ziga xosligi, o‘zbek xalqining madaniy qadriyatlari va boshqalardan ajralib turuvchi xususiyatlarini ifodalovchi eng yaxshi grafik ishlar aniqlanadi.
Tanlov qoidalari bilan bu yerda tanishib chiqishingiz mumkin.
Ma’lumot uchun, hozirgacha o‘zbek so‘mida, boshqa valutalardan farqli ravishda, ramz ko‘rinishidagi belgisi yo‘q va bo‘lmagan. Qisqartma sifatida “so‘m”, “sӯm” yoki “sum” qo‘llanilgan.
MDH hududida arman drami (֏), ukrain grivnasi (₴), ozar manati (₼), qozoq tengesi (₸), qirg‘iz somi (⊆) va Rossiya rubli (₽) kabi valutalarning grafik ramzlari bor.
Mavzuga oid
11:56 / 11.11.2024
Turkiy davlatlar tashkiloti Markaziy banklari kengashi tashkil etiladi
18:34 / 08.11.2024
Markaziy bank 7 ta bank va 2 ta mikromoliya tashkilotini jarimaga tortdi
23:10 / 07.11.2024
O‘zbekiston oltin-valuta zaxiralari 43 mlrd dollardan oshdi
11:23 / 01.11.2024