Iqtisodiyot | 16:12 / 15.04.2022
18660
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 11 300 so‘mdan pasaydi
Markaziy bank xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 16 aprelda amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 20,58 so‘mga pastlab, 11 299,42 so‘mni tashkil qildi. Yevro 135,46 so‘mga arzonlab, 12 219,19 so‘m bo‘ldi. Rubl 3,14 so‘mga ko‘tarilib, 140,41 so‘m bo‘ldi.
14 aprel kuni dollarning rasmiy kursi 15,97 so‘mga pastlab, 11 320 so‘mni tashkil qilgandi.
Ma’lumot uchun, bu O‘zbekistonda dollar kursi so‘nggi bir oy ichida ilk bor 11 300 so‘mdan pastga tushishidir. 16 mart kuni dollarning rasmiy kursi 180,26 so‘mga ko‘tarilib, 11 330,38 so‘mga chiqqandi.
Mavzuga oid
21:39 / 01.11.2024
2025 yil budjet parametrlarida dollar kursi o‘rtacha yillik 13250 so‘mdan hisoblangan
16:24 / 22.04.2024
O‘zbekistonda dollar kursi 12 700 so‘mdan oshdi
18:30 / 10.01.2024
Dollarning rasmiy kursi ilk marta 12 400 so‘mdan oshdi
16:28 / 10.08.2023