Jamiyat | 14:09 / 23.04.2022
17610
1 daqiqa o‘qiladi

Kirish imtihonlarida to‘lov undirilmaydigan abituriyentlar toifasi ko‘paydi

Kirish imtihonlarida qatnashish uchun qabuldan oldingi yillarda o‘qishni tugatgan abituriyentlardan to‘lov undiriladi. Faqat ma’lum toifadagi abituriyentlar bunday to‘lovdan ozod qilingan. Bu yilgi qabuldan imtihonda qatnashish uchun pul to‘lamaydigan abituriyentlar toifasi kengaydi.

Foto: KUN.UZ

Davlat test markazining ma’lum qilishicha, qonunchilikka muvofiq, kirish imtihoni o‘tkazilayotgan yildan oldingi yillarda maktab, kollej, litseyni tugatgan abituriyentlardan test sinovlarida ishtirok etishi uchun BHMning yarim baravari miqdorida to‘lov undiriladi.

O‘qishni test o‘tkazilayotgan yili tugatgan bitiruvchilar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va mehribonlik uylari bolalari, bolalar shaharchasining bitiruvchilaridan bunday to‘lov undirilmaydi.

Prezident farmoniga ko‘ra, to‘lov undirilmaydigan abituriyentlar toifasiga:

  • “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslar va ularning farzandlari;
  • “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turuvchi yoshlar ham kiritildi.

Bu yilgi qabulda bu ikki toifadagi abituriyentlar ham imtihon uchun pul to‘lamaydi.

Mavzuga oid