Sirdaryoda haydovchisi uxlab qolgan Damas piyodalar o‘tish ko‘prigiga urildi
To‘qnashuv oqibatida haydovchi turli darajada tan jarohatlari olgan va shifoxonaga yotqizilgan. Damas esa yaroqsiz holga kelgan.
Sirdaryo viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, bugun, 2022 yil 28 aprel kuni soat 6:00 larda Guliston shahri, O‘zbekiston shohko‘chasida Damas mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
1993 yilda tug‘ilgan haydovchi X.T. Damas mashinasini boshqarib ketayotib uxlab qolgan. Shundan so‘ng u boshqaruvini yo‘qotgan va mashina piyodalar o‘tish ko‘prigi ustuniga urilgan. Oqibatda, haydovchi X.T. turli darajalarda tan jarohati olgan va shifoxonaga yotqizilgan.
Qayd etilishicha, mazkur hodisa yuzasidan Guliston shahar IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Sirdaryo viloyatida yuk mashinasi bilan to‘qnashgan Cobalt yonib ketgandi.
Mavzuga oid
17:42 / 20.10.2024
Farg‘onada Damas kanalga tushib ketdi
11:30 / 14.10.2024
Samarqandda Damas yo‘lni ikkiga ajratib turuvchi beton to‘siqqa urildi
18:31 / 23.09.2024
Qozog‘iston va O‘zbekiston Sirdaryoda 10 ta gidropost tashkil qiladi
08:00 / 13.09.2024