Ukrainaga kelgan Anjyelina Joli, kultepaga aylangan «Azovstal» hududi. Urush suratlari
30 aprel kuni, urushning 66-kunida Rossiyadagi TASS va RIA Novosti agentliklari Rossiya armiyasi qamalida qolayotgan Mariupoldagi «Azovstal» zavodidan tinch aholi vakillari evakuatsiyasi amalga oshirilgani haqida xabar berdi. Shu kuni Vladimir Putin DXR, LXR va «Ukrainaning ozod etilgan hududlari»dagi Ulug‘ vatan urushi faxriylariga 10 ming rubl (135 dollar atrofida) miqdorida bir martalik to‘lov amalga oshirish to‘g‘risida farmonini imzoladi. Aynan qaysi chegaralar nazarda tutilganiga aniqlik kiritilmagan. Kiyev oblasti politsiyasi Bucha yaqinida yangi ommaviy qabr topilgani haqida xabar berdi. OAVning yozishicha, Rim papasi Fransisk Mariupoldagi tinch aholi vakillarini evakuatsiya qilishni so‘rab, Putinga uch marta murojaat qilgan. Uch safar ham unga rad javobi berilgan.
Ukrainadagi urushning 66-kunida ro‘y bergan asosiy ma’lumotlar
- Ukraina bosh shtabi Xarkov atrofidagi uch qishloq ozod etilgani haqida xabar berdi. Shanba kuni frontning boshqa yo‘nalishlaridagi harakatlar haqida xabar berilmagan.
- Rossiyalik harbiylar Odessa aeroportiga raketa zarbalari yo‘llagan. Hujum oqibatida aeroportning uzoq vaqt davomida qurilgan va bir yil oldin foydalanishga topshirilgan uchish-qo‘nish yo‘lagi butunlay ishdan chiqqan.
- Shanba kuni qamaldagi Mariupol shahridagi «Azovstal» zavodi hududidan 20 nafar ayollar va bolalar evakuatsiya qilindi - bu haqda «Azov» polki komandiri o‘rinbosari Svyatoslav Palamar videomurojaatida ma’lum qildi. Undan avvalroq RIA Novosti agentligi «Azovstal» hududidan tinch aholi vakillari bo‘lgan 25 kishi, jumladan olti nafar bola olib chiqilgani haqida xabar bergandi. Palamarning so‘zlariga ko‘ra, shu kuni soat 11 dan Mariupolda o‘t ochishni to‘xtatish rejimi amal qilgan.
- Ukraina vitse-premeri Irina Vereshchuk asirlarning navbatdagi almashinuvi haqida xabar berdi, bu orqali 14 nafar ukrainalik uyiga qaytarilgan: yetti harbiy va tinch aholi vakillarining yetti nafar vakili, jumladan homilador ayol.
- Ukraina qishloq xo‘jaligi vazirligi Rossiyani Ukrainaning bosib olingan hududlaridan bir necha yuz ming tonna bug‘doyni o‘g‘irlab olib ketishda aybladi.
- Belgorod oblasti gubernatori hudud osmonida ukrainlar harbiy samolyoti qayd etilganini xabar qildi. Samolyot havo hujumidan mudofaa tizimi orqali o‘qqa tutilishi natijasida qishloqlardan birining hududiga ikki snaryad tushgan.
- Lvovga Anjyelina Joli keldi. BMT elchisi bo‘lgan aktrisa vokzalda Donbassdan kelgan qochqinlar bilan uchrashdi, shuningdek ko‘ngillilar va shifokorlar bilan uchrashdi. Uning tashrifi vaqtida Lvovda havo hujumidan ogohlantiruvchi trevoga yangradi.
Donbass shimoli
Lvov
Zaporojye
Xarkov
Chernigov
Kiyev oblasti
Mariupol
Mavzuga oid
14:51 / 16.09.2024
Rossiya qo‘shini Xarkivni bombalashda davom etmoqda - fotosuratlar
15:39 / 02.09.2024
Donbassda aholi evakuatsiya qilinmoqda, Kurskda minglab kishilar lagerlarda yashamoqda. Urush suratlari
14:25 / 18.08.2024
Kursk oblastidan qaytgan ukrainlar va Sudjadan ilk kadrlar. Urush suratlari
18:25 / 16.08.2024