Iqtisodiyot | 17:08 / 06.05.2022
35998
2 daqiqa o‘qiladi

Dollar rasmiy kursi tushishda davom etmoqda

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi qatorasiga sakkizinchi bor pastladi.

Markaziy bank xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 7 mayda amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 16,66 so‘mga pastlab, 11 115,90 so‘mni tashkil qildi. Yevro 47,67 so‘mga pastlab, 11 750,62 so‘m bo‘ldi. Rubl 2,49 so‘mga pastlab, 167,34 so‘m bo‘ldi.

Bu ushbu valuta kursi ketma-ket sakkizinchi marta pasayishidir.

Eslatib o‘tamiz, mart oyi o‘rtalarida dollar kursi keskin ko‘tarila boshlagan, 15 mart kuni tijorat banklarida ilk bor dollar kursi 11 200 so‘mdan oshgandi, keyingi kunlarda tezkor sur’atlardagi o‘sish davom etib, bir dollar 11 500 so‘mdan ham oshib ketdi. 24 mart kuni kurs rekord - 11 509,59 so‘mgacha ko‘tarilgandi.

Kurs aprel oyining ikkinchi yarmidan tusha boshladi va 28 aprel kuni so‘nggi ikki oyda ilk bor 11 200 so‘mdan pastga tushdi.

Mavzuga oid