O‘zbekiston | 07:57 / 10.05.2022
7025
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent - Hojikent - Toshkent yo‘nalishidagi elektropoyezdlar qatnovi vaqtincha bekor qilindi 

Toshkent - Hojikent - Toshkent yo‘nalishida harakatlanadigan shaharlararo elektropoyezdlar qatnovi vaqtincha bekor qilindi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” xabar bermoqda.

Foto: O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi

2022 yil 10 may kuni soat 08:30 dan 11 may kuni soat 06:30 ga qadar “Toshkent MTU” UK yo‘lsozlari tomonidan Toshkent - Hojikent yo‘nalishida kapital ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi

Poyezdlar harakat xavfsizligi hamda yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida, 2022 yil 10 may kuni Toshkent - Hojikent - Toshkent yo‘nalishida harakatlanadigan 6429-, 6430-, 6435-, 6436-, 6437-, 6441- hamda 11 may kuni ushbu yo‘nalishda harakatlanadigan 6442- va 6440-sonli shaharlararo yo‘lovchi poyezdlar qatnovi bekor qilinadi.

11 may kuni soat 06:30 dan boshlab, ushbu shaharlararo harakatlanadigan elektropoyezdlar o‘z harakat jadvali bo‘yicha qatnovini amalga oshiradi.

Mavzuga oid