XVJ rahbari global retsessiya tahdidi yo‘qligini ma’lum qildi
XVJ prognozlariga ko‘ra, 2022 yilda Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlari fonida global iqtisodiy o‘sish yanvar oyida kutilganidek 4,4 foiz emas, balki 3,6 foizni tashkil qiladi.
Dunyo global inqiroz yoqasida emas. Bunday fikrni 23 may, dushanba kuni Davosdagi Jahon iqtisodiy forumida Xalqaro valuta jamg‘armasi (XVJ) rahbari Kristalina Georgiyeva bildirdi. XVJ kutayotgan global iqtisodiy o‘sish darajasi 3,6 foizni tashkil etishi «retsessiyadan uzoq», dedi u.
Shu bilan birga, Georgiyeva dastlab iqtisodiyoti zaifroq bo‘lgan ba’zi davlatlarda retsessiya boshlanishi mumkinligini aytdi. Bu koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan inqirozdan hali chiqmagan mamlakatlarga, shuningdek, Rossiyadan energiya va oziq-ovqat importiga qattiq bog‘liq bo‘lgan mamlakatlarga tegishli, deya aniqlik kiritdi ekspert. XVJ rahbarining prognozlariga ko‘ra, 2022 yil bir qator inqirozlar tufayli qiyin bo‘ladi.
Avvalroq Georgiyeva tvitterida Ukrainadagi urush va COVID-19 pandemiyasi keng ko‘lamli iqtisodiy oqibatlarga olib kelishini, jumladan, iqtisodiy o‘sishning pasayishi va inflatsiyaning oshishini ta’kidlagan edi. Shu bilan birga, iqlim inqirozi kabi uzoq muddatli muammolarni ham unutmaslik kerak, deya ogohlantirdi XVJ rahbari.
Aprel oyida XVJ prognozini e’lon qildi, unga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlari fonida 2022 yilda global iqtisodiy o‘sish 3,6 foiz bo‘lishi kerak. Taqqoslash uchun: yanvar oyida tashkilot ekspertlari 4,4 foizga o‘sishni bashorat qilgan edi.
Mavzuga oid
19:04 / 17.10.2024
XVJ global davlat qarzining yuqori darajasidan xavotirda
08:02 / 19.09.2023
XVJ O‘zbekistonga iqtisodiy siyosatni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqishda yordam beradi
18:53 / 07.06.2023
“O‘zbekistonda suvning bozor narxi shakllanmagan” - XVJ rahbari
17:55 / 07.06.2023