O‘zbekiston | 13:47 / 13.06.2022
12981
2 daqiqa o‘qiladi

Kozimjon Komilov Oliy sud raisi lavozimiga qayta saylandi 

Oliy Majlis Senatining yigirma yettinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tmoqda. Unda senatorlar tomonidan O‘zbekiston Oliy sudi raisini saylash to‘g‘risidagi masala ham ko‘rib chiqildi.

Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kozimjon Komilov nomzodini O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi lavozimiga navbatdagi muddatga saylash uchun Senatga taqdimnoma kiritdi.

Senatorlar masala muhokamalari yakunida Kozimjon Komilovni sudyalik lavozimida bo‘lishning muddatsiz davriga, besh yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi lavozimiga sayladi.

Ushbu masala bo‘yicha Senatning tegishli qarori qabul qilindi.

Ma’lumot uchun, 2017 yilda Oliy xo‘jalik sudining raisi sifatida ishlagan Kozimjon Komilov Oliy sud raisi etib tayinlangandi.

Komilov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2013 yil 23 avgustdagi Qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi raisi lavozimiga saylangandi.

Undan oldin, 2017 yilgacha O‘zbekiston Oliy sudi raisi sifatida Shoyunus G‘oziyev ishlagan.

Oliy sud rais, uning birinchi o‘rinbosari va uch nafar o‘rinbosari - sud hay’atlari raislari va sudyalaridan iborat. Oliy sud raisi va a’zolarini prezident taqdimnomasiga binoan saylash Senat vakolatiga kiradi.

Mavzuga oid