Olmaliqdagi korxona sexida portlash sodir bo‘ldi
Olmaliq shahrida joylashgan korxonada portlash sodir bo‘ldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi holat bo‘yicha birlamchi ma’lumot taqdim etdi.
Qayd etilishicha, 15 iyun kuni soat 17:55 da Toshkent viloyati Olmaliq shahridagi «Ammafos-Maksam» korxonasi hududida ijarada faoliyat yuritayotgan «Maksam-O‘zbekiston» qo‘shma korxonasining ishlab chiqarish sexida texnologik jarayon buzilishi natijasida portlash sodir bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida ushbu sexning bino konstruksiyalari buzilgan.
Shuningdek, voqea joyiga yaqin bo‘lgan yuk mashinasi haydovchisi tan jarohati olgan. Ayni vaqtda jabrlangan fuqaro shahar tibbiyot birlashmasida shifokorlar nazoratida, ahvoli qoniqarli ekani aytiladi.
Ma’lum qilinishicha, sodir bo‘lgan vaziyat oqibatida ishchi-xodimlarning halok bo‘lish holatlari qayd etilmagan.
Voqea joyiga favqulodda vaziyatlar vaziri boshchiligida viloyat hokimligi, prokuratura, IIV, Milliy gvardiya va boshqa tashkilotlar vakillari yetib borgan.
Bildirilishicha, hozirda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish ishlari amalga oshirilmoqda.
Mavzuga oid
17:04 / 22.10.2024
Qo‘shrabotda ikki qavatli uy portladi. Bir oilaning 4 a’zosi halok bo‘lgan
20:17 / 15.10.2024
Olmaliqda 4-mis boyitish fabrikasi qurilishi boshlandi
17:08 / 15.10.2024
Prezident OKMKning muhandislik maktabi va 3-misni boyitish fabrikasini ko‘zdan kechirdi
12:00 / 12.10.2024