Qumqo‘rg‘on tumaniga IIV vakili hokim bo‘ldi
2019 yil sentabridan buyon Qumqo‘rg‘on tumaniga rahbarlik qilgan Rahmatullo G‘afforov lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rnini IIV xodimi egalladi.
Surxondaryo viloyati xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tumani kengashi navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tashkiliy masala ko‘rib chiqildi. Viloyat hokimi To‘ra Bobolov, mahalliy kengashlar deputatlari, viloyat, tuman hokimligi va davlat, jamoat tashkilotlari mutasaddilari ishtirok etgan sessiyada tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish ko‘rsatkichlari pastligicha qolayotgani, aholi turmush sharoitini oshirishga yetarli e’tibor berilmayotgani tanqid qilindi.
Sessiyada Anvar Normamatov tuman hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Anvar Normamatov 1981 yil 10 martda Angor tumanida tug‘ilgan. 2003 yil O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tugatgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi huquqshunos.
A.Normamatov 2003-2021 yillarda Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlarida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan.
Anvar Normamatov 2021 yildan buyon Termiz shahri bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.
Ma’lumot uchun, Qumqo‘rg‘on tumaniga 2019 yil sentabridan buyon Rahmatulla G‘afforov rahbarlik qilib kelayotgandi.
Mavzuga oid
16:31 / 04.11.2024
O‘zbekistonning Indoneziyadagi yangi elchisi tayinlandi
15:44 / 01.11.2024
Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari qamoqqa olindi
18:28 / 30.10.2024
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi
17:41 / 30.10.2024