Iqtisodiyot | 16:19 / 29.06.2022
51119
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda dollar kursi keskin ko‘tarildi

O‘zbekistonda dollar kursi yana ko‘tarila boshladi, rubl kursi ham jiddiy o‘sgan.

Markaziy bank xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 30 iyunda amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi birdaniga 59,70 so‘mga ko‘tarilib, 10860,25 so‘mni tashkil qildi. Yevro 19,34 so‘mga tushib, 11 414,12 so‘m bo‘ldi.

Rubl esa 8,55 so‘mga oshib, 212,43 so‘m bo‘ldi.

Bungacha dollar kursida muntazam pasayish kuzatilayotgandi, mart oyi o‘rtalaridan beri kurs bir kunda kamida 50 so‘mdan yuqori qiymatda ko‘tarilishi ro‘y bergandi.

Mavzuga oid