Iqtisodiyot | 16:36 / 06.07.2022
16201
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda dollar kursi mustahkamlanmoqda, rubl kursi pasayishda davom etmoqda

Rubl kursi iyul oyi boshidan tusha boshlagan.

Markaziy bank xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 7 iyulda amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 27,73 so‘mga ko‘tarilib, 10 887,87 so‘mni tashkil qildi. Yevro 50,93 so‘mga pastlab, 11 131,76 so‘m bo‘ldi.

Dollar kursi qatorasiga ikkinchi kun mustahkamlandi, bundan avval ushbu valuta kursi 23,45 so‘mga ko‘tarilib, 10 860,14 so‘mni tashkil qilgandi.

Rubl 17,04 so‘mga tushib, 168,84 so‘m bo‘ldi. O‘zbekistonda rubl kursi iyul oyi boshidan buyon muttasil tushib kelmoqda - 1 rubl 160 so‘m atrofida bo‘lishi oxirgi bor may oyi boshlarida kuzatilgandi.

Mavzuga oid