Qo‘rg‘ontepa prokurori yordamchisi pora olayotganda ushlandi
Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani prokurori yordamchisi 10 iyul kuni 1500 dollar pora olayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Bu haqda bosh prokurorning matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov Kun.uz'ga ma’lum qildi.
Yordamchi DXXning Andijon viloyat boshqarmasi va viloyat prokuraturasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, protsessual tartibda ushlangan.
Holat yuzasidan shu kuni Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu turdagi jinoyat uchun 50 BHM (15 mln so‘m) jarimadan 5 yil ozodlikdan mahrum qilishgacha bo‘lgan jazo beriladi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ma’lumotiga ko‘ra, 2021 yilda Andijon viloyatida pora olish bilan bog‘liq 8 ta jinoyat qayd etilgan; bu – hududlar orasida Toshkent shahri va viloyati hamda Jizzax viloyatidan keyingi to‘rtinchi ko‘rsatkich.
O‘tgan yili O‘zbekistonda qayd etilgan 91 ta pora olish jinoyatidan 26 tasi (28,5 foiz) huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan. Aksilkorrupsiya agentligi keltirgan statistikada organlar kesimi bo‘yicha (sud, prokuratura va boshqalar) raqamlar ochiqlanmagan.
2021 yil noyabrida Andijon viloyati prokuraturasi xodimi 15 ming dollar pora bilan ushlangan edi.
Mavzuga oid
20:56 / 20.10.2024
9 oyda ish haqi va nafaqa pullaridan 5,2 mlrd so‘m talon-toroj qilingani ma’lum qilindi
18:34 / 11.10.2024
Prokuratura tizimida sun’iy intellekt joriy qilinadi
20:03 / 09.10.2024
Yunusobod tumani prokuraturasi katta tergovchisiga qidiruv e’lon qilindi
17:10 / 01.10.2024