Iqtisodiyot | 10:20 / 16.07.2022
16710
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda benzin ishlab chiqarish hajmi oshdi

Benzin ishlab chiqarish hajmi 1,8 foizga oshgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Foto: iStock

Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-iyun oylarida 562,7 ming tonna avtomobil benzini ishlab chiqarilgan. 

Avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,8 foizga oshgan.

2022 yilda oylar kesimida ishlab chiqarilgan avtomobil benzini hajmi:

  • yanvarda – 97,8 ming tonna;
  • fevralda – 98,2 ming tonna;
  • martda – 92,6 ming tonna;
  • aprelda – 93,7 ming tonna;
  • mayda – 92,7 ming tonna;
  • iyunda – 87,7 ming tonna.

Bundan oldin 6 oyda 50 mingdan ortiq yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilgani xabar berilgandi.

Mavzuga oid