O‘zbekistonda sanoat korxonalaridan atmosferaga 909 ming tonna tashlamalar tashlangan
2021 yilda O‘zbekistondagi jami sanoat korxonalaridan atmosferaga 909 ming tonna tashlamalar tashlangan. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Ekologiya qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Aziz Kalimbetov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich 2019 yilga nisbatan 43,8 ming (4,6 foiz) hamda 2020 yilga nisbatan 15,4 ming (2 foiz) tonnaga kamaygan.
Tashlamalar kamayishiga ta’sir ko‘rsatayotgan asosiy omillar quyidagicha: korxona va tashkilotlarda “yashil” texnologiyalarga bosqichma-bosqich o‘tish, kamchiqitli texnologiyalar qo‘llanilishi, turg‘un tashlama manbalariga o‘rnatilgan chang-gaz tozalash uskunalari doimiy modernizatsiya qilinishi.
Joriy yil boshidan 400 ga yaqin yirik sanoat korxonasining 1500 ga yaqin chang-gaz tozalash uskunasi xatlovdan o‘tkazilib, shundan 270 ta korxonaning 1000 dan ortiq uskunasini modernizatsiya qilish va yangisiga almashtirish lozimligi ma’lum bo‘ldi. 2022-2023 yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilib Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yil mart oyida tasdiqlanib, ijroga qaratilgan.
Bunda, har bir sanoat korxonalari chang-gaz tozalash samaradorligi hozirgi 75-80 foizdan 95-99,5 foizga yetkaziladi, buning evaziga atmosferaga yillik tashlanayotgan 15 ming tonnadan ortiq zararli gazlar kamayishiga erishiladi.
O‘tgan davr mobaynida 30 ta sanoat korxonasida umumiy 114 ta chang-gazlarni tutib qolish uskunalarini ta’mirlash va yangilariga almashtirish ta’minlangani aytiladi.
Mavzuga oid
17:42 / 04.11.2024
Xavfsizlik chegarasidan 80 barobar yuqori: Lahor dunyoning havosi eng iflos shaharlaridan biri
18:37 / 29.10.2024
Olimlar gaz plitalaridan foydalanish va bevaqt o‘lim o‘rtasidagi bog‘liqlikni ma’lum qildi
16:27 / 29.10.2024
Yer atmosferasining ifloslanishi rekord darajaga yetdi
17:56 / 23.10.2024