"Qumtor" oltin koni nihoyat Qirg‘iziston tasarrufiga o‘tdi
Qirg‘izistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi Ulan Jusupovga "Qumtor Gold Kompani" va "Qumtor Opereyting Kompani" kompaniyalarining 100 foiz aksiyalar paketi "Kirgizaltin" OAJga o‘tganini tasdiqlovchi hujjatlar paketi topshirildi.
"Qumtor" oltin koni Qirg‘iziston tasarrufiga o‘tdi, deb xabar berdi Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati.
Xabarda aytilishicha, 29 iyul kuni Qirg‘izistonning Buyuk Britaniyadagi elchixonasida "Qumtor" oltin koni Qirg‘iziston tasarrufiga o‘tganini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Qirg‘izistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi Ulan Jusupovga "Qumtor Gold Kompani" va "Qumtor Opereyting Kompani" kompaniyalarining 100 foiz aksiyalar paketi "Kirgizaltin" OAJga o‘tganini tasdiqlovchi hujjatlar paketi topshirildi.
Qumtor konini o‘zlashtirish bilan 1990-yillar boshidan beri Kanadaning «Centerra Gold Inc.» korporatsiyasi shug‘ullanib kelgandi.
Mavzuga oid
22:01 / 12.11.2024
Qirg‘izistonda hokimiyatni egallashga tayyorgarlik ko‘rgan yetti kishi qo‘lga olindi
16:44 / 11.11.2024
Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi Qirg‘izistonda 38 ta maktab qurib beradi
17:21 / 06.11.2024
Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida 8 ta hujjat imzolandi
21:34 / 05.11.2024