O‘zbekiston | 10:43 / 01.08.2022
10578
1 daqiqa o‘qiladi

Jizzax viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jizzax viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi. Bu haqda “Davlat boshqaruvi” kanali xabar berdi.

Akmal Sovurboyev

Akmal Sovurboyev Jizzax viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Bunga qadar A.Sovurboyev Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida departament boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritgan.

Ma’lumot uchun, Jizzax viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimi hozirga qadar vakant edi.

2022 yil mart oyi boshida Jizzax viloyati hokimining qarori bilan Nazira Muxtorova viloyat hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.

Jizzax viloyat hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy masalalari bo‘yicha o‘rinbosari tumanlar va shaharlarni yanada rivojlantirishning ustuvor vazifalarini hamda joylarda yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirishni ta’minlaydi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining rolini kuchaytiradi.

Mavzuga oid