Surxondaryoda 14,5 mlrd so‘mlik subsidiya noqonuniy ajratilgani aniqlandi
Surxondaryo viloyatida 14,5 mlrd. so‘mlik subsidiya mablag‘lari noqonuniy ajratilganligi aniqlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar bermoqda.
Prezidentning «Qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada jadal tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosi yuzasidan 2021 yilda Sho‘rchi tumanidagi klasterga qarashli 1 376 gektar paxta maydoniga tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish vazifasi mahalliy ta’minotchi korxona zimmasiga yuklatilgan.
Ta’minotchi korxona 142,7 gektardagi paxta maydoniga tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilgan va unga ketgan xarajatlar bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish bo‘yicha Sho‘rchi tumani ishchi komissiyasi tomonidan xulosa tuzilib, Amu-Curxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasiga taqdim etilgan.
Amu-surxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi mansabdor shaxslari esa amalda 142,7 gektar maydonga tomchilatib sug‘orish texnologiyasi joriy qilingan bo‘lsa-da, unga yana qo‘shimcha ravishda 993 gektarda tomchilatib sug‘orish texnologiyasi qurilish-montaj ishlari to‘liq yakunlanib, ishga tushirilgani haqida soxta hujjatlar tuzib, davlat budjetidan klasterga 6 mlrd 747 mln 400 ming so‘m miqdoridagi subsidiya mablag‘lari ajratilishiga erishgan.
Hozirda DXX Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan Amu-Curxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksi tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Bunday holat Qumqo‘rg‘on tumanida ham aniqlanib, mahalliy klasterga qarashli 2 000 gektar paxta maydoniga tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish ko‘zda tutilgan va bu ham aynan yuqorida tilga olingan ta’minotchi korxonaga yuklatilgan.
Qumqo‘rg‘on tumani irrigatsiya bo‘limi boshlig‘i va boshqa manfaatdor shaxslar o‘zaro til biriktirib, 2021 yilda 1 143 gektar maydonga tomchilatib sug‘orish texnologiyasi joriy qilinmagan bo‘lsa-da, shuncha maydonga tomchilatib sug‘orish texnologiyasi qurilish-montaj ishlari to‘liq yakunlanib, ishga tushirilgani haqida soxta xulosalar tuzish orqali klasterga 7 mlrd 772 mln 400 ming so‘m miqdoridagi subsidiya mablag‘lari ajratilishiga erishgan.
DXX Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan Qumqo‘rg‘on tumani irrigatsiya bo‘limi boshlig‘i va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksi tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
20:01 / 01.11.2024
O‘zbekiston Qahramoni Ahmad Narzullayev vafot etdi
14:34 / 30.10.2024
2025 yilda qaysi yo‘nalishga qancha subsidiya ajratiladi?
10:02 / 19.10.2024
Surxondaryoda aholiga tarqatilishi kerak bo‘lgan 1 400 tonna ko‘mir talon-toroj qilindi
07:40 / 18.10.2024