O‘zbekiston | 09:58 / 04.08.2022
6362
1 daqiqa o‘qiladi

Termizda sodir bo‘lgan YTHda 83 yoshli piyoda vafot etdi

Damas mashinasi haydovchisi tezlikni oshirgan holda harakatlangan va yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.

Surxondaryo viloyati IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 31 iyul kuni soat 10:00 larda Termiz shahridagi Do‘stlik mahallasidan o‘tuvchi Alisher Navoiy ko‘chasida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Damas mashinasi yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan. Oqibatda, Termiz shahrida yashovchi 83 yoshli piyoda og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida halok bo‘lgan.

Dastlabki surishtiruvda aniqlanishicha, Damas mashinasi haydovchisi tezlikni oshirgan holda harakatlangan.

Qayd etilishicha, hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki surishtirib harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Surxondaryo viloyatida 2022 yilning dastlabki 5 oyida 51 kishi YTHda halok bo‘lgan, 82 kishi turi darajada tan jarohatlari olgani ma’lum qilingandi.

Mavzuga oid