O‘zbekiston | 17:00 / 09.08.2022
7061
8 daqiqa o‘qiladi

TBC Bank Uzbekistan qo‘shimcha $35,1 million sarmoyaga ega bo‘ldi

Xorijiy investitsiya innovatsion raqamli banking va xususiy bank sektorini rivojlantirishga yo‘naltiriladi.

Foto: TBC Bank Uzbekistan

2022 yil 8 avgust kuni Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeBRD), Jahon banki guruhi a’zosi Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) va TBC Bank Group PLC kompaniyasi TBC Bank Uzbekistan’ga (TBC UZ) umumiy miqdorda 35,1 million dollar qo‘shimcha sarmoya kiritdi. TBC Bank Uzbekistan Gruziyaning yirik TBC Bank group PLC holding kompaniyasining shu’ba korxonasi hisoblanadi. TBC Bank Group PLC Angliya va Uelsda ro‘yxatdan o‘tgan, kompaniyaning aksiyalari London fond birjasida kotirovka qilinadi.

Ushbu kapital oshirilishi 2021 yil 30 sentabrda TBC UZ, TBC Bank Group PLC, EBRD va IFC o‘rtasida imzolangan investitsion kelishuv doirasida ko‘p yillik moliyalashtirish rejasining bir qismi hisoblanadi. Ushbu kelishuvga ko‘ra, ikki institutsional investorning (YeTTB va IFC) har biri TBC UZ’da 20 foizdan ulushlarni qo‘lga kiritgan edi.

Ilk badal miqdori 18,8 million AQSh dollari, ya’ni har bir investor uchun 9,4 million dollarni tashkil qildi. Shu bilan birga, TBC Bank Group PLC 25,9 million dollar investitsiya kiritdi.

Ikkinchi sarmoya doirasida EBRD va IFC har biri $7 milliondan, TBC Bank Group PLC esa $21,1 milliondan jalb qildi. Shunday qilib, TBC UZ’ga jalb qilingan investitsiyalarning umumiy miqdori 79,8 million AQSh dollarini tashkil etdi. Investitsion kelishuvga asosan, 2023-2024 yillarda ham kapitalni ko‘paytirish rejalashtirilgan.

TBC Bank O‘zbekistondagi ikki yillik faoliyati davomida yirik o‘sish templarini ko‘rsatishga erishdi. Bank 2020 yilning aprel oyida litsenziyasini qo‘lga kiritdi va oktabr oyida tijoriy faoliyatini boshladi. Bank TBC Group’ga tegishli va mobil ilova orqali chakana bank xizmatlarini taklif etuvchi “Space” platformasining innovatsion fintech bazasida faoliyat yuritadi. 2022 yilning iyuliga kelib TBC UZ ilovasini 2,4 million kishi yuklab oldi. Ayni payt TBC Bank respublikaning 9 ta shahridagi shou-rumlari va butun mamlakat bo‘ylab 33 ta “mijozlarni faollashtirish nuqtalari” orqali bank xizmatlarini taqdim etib kelmoqda.

TBC Bank chakana foydalanuvchilarga onlayn-formatda: pul o‘tkazish, kredit, avtokredit, depozit, muddatli to‘lov, bank kartalari va hisobvaraqlar bo‘yicha to‘lov qilish kabi xizmatlarni taqdim etadi. Barcha imkoniyatlardan TBC UZ ilovasida foydalanish mumkin.

EBRD, IFC va TBC Bank Group PLC investitsiyalari TBC Bank operatsion faoliyati rivojlanishiga, bank sektorida korporativ boshqaruvning xalqaro standartlarini ilgari surishga yordam beradi va O‘zbekistonda raqamli moliyaviy bozor mustahkamlanishiga hissa qo‘shadi.

Yangi investitsiyalar mamlakat bozoriga yaqinda kirib kelgan raqamli bank operatsion faoliyati yanada o‘sishiga va sektorda korporativ boshqaruv xalqaro standartlarini ilgari surishga turtki bo‘ladi.

Spartak Tetrashvili, TBC Bank Uzbekistan boshqaruv raisi buni shunday izohladi: «Umid qilamizki, ushbu sarmoyalar nafaqat bankimizning rivojiga, balki butun mamlakatning raqamli sohasi taraqqiyotiga hissa qo‘shadi. Biz xalqaro investorlar uchun O‘zbekistonning jozibadorligi kundan kunga oshib borayotganiga o‘z misolimizda amin bo‘lmoqdamiz. Respublika Markaziy banki tomonidan o‘tkazilayotgan reformalar bunda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Yangi imkoniyatlar va sarmoyalar bizga mijozlar uchun xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilashga va foydalanuvchilarimiz uchun innovatsion raqamli xizmatlar taqdim etishga yordam beradi».

Kassandra Kolbert, IFC’ning Markaziy Osiyo bo‘yicha katta menejyeri: «Biz TBC Bank Uzbekistan bilan hamkorligimiz yanada mustahkamlanayotganidan va texnologik innovatsiyalarga asoslangan bank xizmatlarining kengayishini qo‘llab-quvvatlayotganimizdan mamnunmiz. Ushbu investitsiyalar jo‘shqin, samarali va mustahkam kapitalizatsiya qilingan xususiy bank sektorini yaratish bo‘yicha O‘zbekistonga yordam ko‘rsatishga qaratilgan strategiyamizga mos keladi».

Alkis Vriyenios Drakinos, EBRD’ning O‘zbekistondagi rahbari:

- Biz TBC Bank Uzbekistan’ni bundan buyon ham qo‘llab-quvvatlashdan mamnunmiz. Ushbu raqamli bankning faoliyati qisqa tarixga ega bo‘lsa-da, bank butun mamlakat bo‘ylab ko‘p sonli chakana mijozlarni qamrab olish bo‘yicha muhim natijalarga erishdi. Investitsiya bankning istiqbolli o‘sish strategiyasini qo‘llab-quvvatlaydi va TBC UZ’ga yangi marralarni zabt etishga, jumladan O‘zbekistondagi mikro- va kichik biznes uchun moliyaviy xizmatlarni kengaytirishga yordam beradi.

TBC PLC haqida

TBC Bank Group mas’uliyati cheklangan ommaviy kompaniya hisoblanadi. London fond birjasida ro‘yxatdan o‘tgan ushbu kompaniya TBC Bank AJ hamda asosan Gruziyaning moliya sektori va u bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan korxonalar guruhining holding kompaniyasi sanaladi. TBC va uning shu’ba kompaniyalari 38,1% mijozlar krediti va 37,8% mijozlar depoziti umumiy ulushi bilan Gruziya bozoridagi yetakchi universal bank guruhi hisoblanadi. TBC chakana xizmatlar, korporativ va mikro, kichik va o‘rta korxonalarni o‘z ichiga olgan biznesning barcha asosiy yo‘nalishlarida yetakchi o‘rinlarni egallab kelmoqda. Kompaniyaning moliyaviy xizmatlari an’anaviy bank takliflarini, shuningdek, sohadagi ilg‘or yechimlarni o‘z ichiga oladi. 2020 yil TBC PLC O‘zbekistonda o‘z faoliyatini kengaytirib, “Space” platformasining fintech bazasida mijozlarga xizmat ko‘rsatishni va chakana bank takliflarini mobil ilova orqali taklif qilishni boshladi.

TBC Bank Group London fond birjasida ro‘yxatdan o‘tgan mas’uliyati cheklangan ommaviy kompaniya, TBC Bank AJ hamda asosan Gruziyaning moliya sektori va u bilan bog‘liq boshqa sohalarda faoliyat yurituvchi korxonalarning holding kompaniyasi hisoblanadi.

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun:

www.tbcbankgroup.com

www.tbcbank.ge/web/en

Facebook: @tbcbankuz

Instagram: @tbcbankuzbekistan

Telegram: @tbc_bank_uzb

Web: tbcbank.uz

Call center: 24/7: 1150

IFC Haqida

IFC – Jahon banki guruhining a’zosi, faoliyati rivojlanayotgan bozorlarda xususiy sektorga yo‘naltirilgan eng yirik global rivojlanish instituti. Ushbu korporatsiya dunyoning 100 dan ortiq mamlakatida faoliyat yuritib, o‘z kapitali, tajribasi va nufuzini rivojlanayotgan mamlakatlarda bozorlar va imkoniyatlar yaratish uchun sarflaydi. 2021 yilda bunday davlatlarning xususiy kompaniyalari va moliyaviy muassasalariga IFC tomonidan rekord darajasidagi 31,5 milliard dollarlik mablag‘ ajratildi. Bundan ko‘zlangan maqsad mamlakatlar COVID-19 pandemiyasining oqibatlari bilan kurashayotgan bir paytda, ulardagi xususiy sektor imkoniyatlaridan foydalanib, haddan tashqari kambag‘allikka chek qo‘yish va umumiy farovonlikni oshirish edi. Qo‘shimcha ma’lumot olishni istasangiz, www.ifc.org saytiga tashrif buyuring.

Aloqada qoling:

Facebook: www.facebook.com/IFCwbg

Twitter: www.twitter.com/IFC_org

YouTube: www.youtube.com/IFCvideocass

Web: www.ifc.org/SocialMediaIndex

Instagram: www.instagram.com\ifc_org

EBRD (YeTTB) haqida

YeTTB uchta qit’aning 38 mamlakatida xususiy sektor va tadbirkorlik tashabbusini rivojlantirishga ko‘maklashib kelayotgan xalqaro moliyaviy tashkilot. Ushbu bank 71 ta davlatga, shuningdek, Yevropa Ittifoqi va Yevropa investitsion bankiga tegishli. YeTTBning sarmoyalari mamlakatlar iqtisodiyotini raqobatbardosh, inklyuziv, oson boshqariladigan, ekologik jihatdan toza va barqaror qilishga qaratilgan. Bugungi kunga kelib YeTTB tomonidan O‘zbekistondagi 111 ta loyihaga 3,38 milliard yevro jalb qilindi.

Reklama

Mavzuga oid