Estoniya Shengen vizasiga ega rossiyaliklarning mamlakatga kirishini taqiqlaydi
Ta’kidlanishicha, cheklovlar Shengen vizasi Estoniya tomonidan berilgan rossiyaliklarga taalluqli bo‘lib, Shengen kelishuvidagi boshqa mamlakatlar bergan vizalarga tegishli emas.
Kelasi haftadan boshlab Estoniya Shengen vizasiga ega rossiyaliklarning mamlakatga kirishini taqiqlaydi. Bu haqda Estoniya tashqi ishlar vaziri Urmas Reynsalu ma’lum qildi.
Reynsaluning so‘zlariga ko‘ra, vizalar amal qilishda davom etadi, ammo mamlakatga kelayotgan rossiyaliklarga qarshi sanksiya qo‘llaniladi – ularga Estoniyaga kirishga ruxsat berilmaydi. Cheklovlar 18 avgustdan kuchga kiradi.
Faqat diplomatik vakolatxonalar xodimlari, xalqaro yuk tashish bilan shug‘ullanuvchilar, Estoniyadagi qarindoshlarinikiga kelayotganlar va YeI bo‘ylab erkin harakatlanish huquqiga ega shaxslarga istisno qilinadi.
Reynsaluning ta’kidlashicha, cheklovlar Shengen vizasi Estoniya tomonidan berilgan rossiyaliklarga taalluqli bo‘lib, Shengen kelishuvidagi boshqa mamlakatlar bergan vizalarga tegishli emas.
Avgust boshlarida Latviyaning Rossiyadagi elchixonasi rossiyaliklarga har qanday turdagi vizalar berilishi noma’lum muddatga to‘xtatilishini ma’lum qilgandi.
Mavzuga oid
20:45 / 21.09.2024
Zelenskiy Rossiya bilan muzokara uchun «uchta band» tayyorlayotganini ma’lum qildi
17:47 / 21.09.2024
Ukrainadagi urushning hozirgi pallasi: ekspertlar sharhi
15:30 / 21.09.2024
Moskva Rossiya bozorini tark etgan xorijliklar uchun to‘lovni oshirmoqchi
14:30 / 21.09.2024