Video: Qoraqalpog‘istonda in qurgan noyob suvburgut
Ekoinspektorlar Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervatida yashaydigan oq dumli suvburgutni tasvirga oldi. Bu turdagi jonivorlar O‘zbekiston Qizil kitobi va xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.
Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati hududida yashaydigan oq dumli suvburgutning uyasi inspektorlar tomonidan monitoring ishlari davomida tasvirga olindi.
Oq dumli suvburgut O‘zbekiston Qizil kitobi va xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.
Bu zaif, tabiatan kamyob, uchib o‘tuvchi nominal kenja tur bo‘lib, asosan Janubiy Orolbo‘yida uyalaydi.
“Olib borilayotgan muhofaza chora-tadbirlari natijasida keyingi yillarda soni ortgani kuzatilmoqda”, deyiladi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya qo‘mitasi axborotida.
Mavzuga oid
17:33 / 19.09.2024
Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun 10 mingta qo‘shimcha kvota tasdiqlandi – shartlar qanday?
10:02 / 19.09.2024
Telegram’dan soxta havola jo‘natib o‘zganing pullarini o‘zlashtirgan shaxs ushlandi
11:14 / 07.09.2024
Saida Mirziyoyeva Qoraqalpog‘istonga bordi
13:08 / 05.09.2024