O‘zbekiston | 09:00 / 16.08.2022
7111
5 daqiqa o‘qiladi

Isitish qozonini tanlaymiz – ishonchli jihoz sirlari

Ta’mirlash mavsumining qizg‘in pallasi kirdi, bu esa shu bugunoq uy qishda issiq, qulay va shinam bo‘lishining g‘amini yeyish kerakligini anglatadi. Viessmann kompaniyasining muhandislari iste’molchilarning isitish va issiq suv qozonlari haqidagi eng mashhur savollarini jamladilar va sizga uzoq yillar davomida xizmat qiladigan eng yaxshi jihozni qanday tanlash haqida so‘zlab beradilar.

Foto: Viessmann

Qozonning qaysi rusumi hammasidan yaxshiroq, qaysinisi eng ishonchli?

Bozorda turli ishlab chiqaruvchilarning ko‘plab qozonlari taqdim etilgan. Jihozni tanlashda u sizga kamida 10-15 yil xizmat qilishi kerakligini tushunish lozim. Shu sababli, yaxshisi, isitish jihozlari bozorining mashhur va e’tirof etilgan yetakchilarini tanlagan ma’qul, chunki iste’molchi brend uchun emas, ishonchli sifat uchun pul to‘laydi.

Rusumning nufuzli ekaniga, bozorda necha yildan beri mavjud ekaniga, mutaxassislardan ishonchli servis  ko‘magi borligiga tayanish kerak. Qozon ishonchligina emas, balki tejamkor ham bo‘lishi lozim. Bu uyda issiqni gaz va elektrga minimal xarajatlar bilan ushlab turish imkonini beradi.

Foto: Viessmann

Viessmann kompaniyasi – isitish jihozlari ishlab chiqarish bo‘yicha jahon yetakchisi. Qozonlarning nemis sifati barcha jahon standartlariga javob beradi, bu Viessmannni Yevropadagi eng mashhur rusumlardan biriga aylantiradi. 2004 yildan O‘zbekistonda kompaniyaning rasmiy vakolatxonasi faoliyat yuritadi, u mamlakatimizga zamonaviy isitish jihozlarini yetkazib beradi.

Muayyan maydon uchun qozon quvvatini qanday hisoblab topish mumkin?

Uy ichidagi issiqlik qozonning o‘zigagina emas, balki loyihaning to‘g‘ri tayyorlanishiga, jihozning to‘liq komplektini hisob-kitob qilish va o‘rnatishga ham bog‘liq. Ish bilan professionallar shug‘ullanayotgan bo‘lsa, xotirjam bo‘lishingiz mumkin – ular qozonning kerakli xarakteristikalarini bino maydoni va ehtiyojlardan kelib chiqib, to‘g‘ri hisoblay oladilar. Viessmann kompaniyasining muhandislari isitish jihozlarini tanlash, o‘rnatish va ishlatish bo‘yicha to‘liq qo‘llab-quvvatlashlari va konsultatsiya berishlari mumkin.

Foto: Viessmann

Bugungi kunda qaysi qozon modeli ko‘proq shuhrat qozongan?

Viessmann qozonlarining eng talabgir modellaridan biri Vitodens 111-W sanaladi. Bu xonadon yoki uy uchun ideal yechimdir:

  • Vitodens 111-W – bu ikki konturli qilib ishlangan, devorga osiladigan, gazli kondensatsion qozon. Bu bir vaqtda binoni isitish va uchta nuqtaga issiq suv uzatishdir. Ya’ni endi to oilangizdagilar cho‘milib chiqquncha idish-tovoqni yuvmay turishingizga to‘g‘ri kelmaydi. Bu – ertalablari issiq suvga yuklama yuqori bo‘ladigan katta oilalar uchun dolzarb yechim.
Foto: Viessmann
  • Gazda ishlovchi, 10 barobarli modulyatsiyaga ega, to‘liq oldindan aralashtiruvchan, puflanadigan ejyeksion gorelka gazni minimal miqdorda sarflash imkonini beradi – u kerakli haroratga erishish va uni ushlab turish uchungina kerak bo‘ladi.
  • 46 litrli issiq suv to‘plagichi issiq suv uzatilishi jarayonining qulay va uzluksiz bo‘lishini ta’minlaydi.
  • Gaz bosimiga o‘ta past talab moviy yoqilg‘i berilishi minimal darajada bo‘lganda ham qozonning to‘laqonli ishlashiga imkon beradi.
  • Ovoz bosimining past darajasi (< 32/48 dB(A)) – qozon amalda shovqinsiz ishlaydi.
  • Zanglamaydigan po‘latdan yasalgan Inox-Radial issiqlik almashgichi jihozning uzoq yillar davomida ishonchli ishlashini ta’minlaydi.
  • Viessmann’ning boshqa qozonlari kabi, Vitodens 111-W modeli ham Wi-Fi orqali ilova yordamida boshqariladi – siz binodagi haroratni masofadan boshqara olasiz.
  • Zamonaviy qozonning nazokatli dizayni har qanday intererga uyg‘unlik bilan mos keladi, optimal konstruksiya esa, jihozni montaj qilish va xizmat ko‘rsatishni osonlashtiradi.

Vitodens 111-W modelining ishonchliligi, uzluksiz ishlashi va tejamkorligi uni Viessmann maishiy qozonlar oilasidagi eng mashhur modellardan biriga aylantirdi.

Foto: Viessmann

Qozonga kafolat necha yil?

Viessmann kompaniyasi jihozdan foydalanish boshlangan sanadan boshlab 2 yilga bepul servis xizmati ko‘rsatish kafolatini beradi. Kompaniya muhandislari qozon ishlashi bilan bog‘liq har qanday muammolarni tezkor hal qilish uchun telefon orqali va joyiga chiqib konsultatsiya berishga tayyordirlar.

Foto: Viessmann

Mintaqalarda filiallar bormi?

Viessmann kompaniyasi butun respublikada keng hamkorlar tarmog‘iga ega, bu qulay konsultatsiya ko‘magi va uzluksiz servisni ta’minlaydi. Viessmann vakillari Samarqand, Buxoro, Namangan, Qo‘qon va mamlakatimizning boshqa shaharlarida faoliyat olib boradilar.

Konsultatsiyalar uchun telefon raqamlari:

+998977331155

 +998951461616

Telegram orqali onlayn-konsultatsiya: https://t.me/NigmonKabulov

Viessmann kompaniyasining Matbuot xizmati Ⓣ 

Mavzuga oid