AOKA binosini ta’mirlashga ruxsat berildi
Navoiy ko‘chasi 30-uydagi bino vakolatli bo‘lmagan Madaniy meros agentligi va Toshkent shahar madaniy meros boshqarmasining ruxsati bilan ta’mirlashga tushgani ma’lum bo‘lgandi.
Arxitektura yodgorligi hisoblanadigan Navoiy ko‘chasi 30-uy manzilidagi AOKA binosining fasadi vakolatli organning roziligi olinmasdan rekonstruksiya qilinayotgani aytilgandi.
Madaniy meros agentligi huzuridagi Ilmiy-ekspert kengashining joriy yil 25 avgust kuni bo‘lib o‘tgan navbatdagi yig‘ilishida Navoiy ko‘chasi 30-uyning fasad qismini joriy ta’mirlash loyihasidagi binoning tarixiy ko‘rinishini, me’moriy va badiiy jihatlarini qat’iy saqlash sharti bilan ta’mirlash ishlariga ruxsat berilgan.
Shu binodan operativ boshqaruv huquqi asosida foydalanadigan «O‘zbekiston» nashriyot-matbaa ijodiy uyining Kun.uz bilan bog‘langan bosh muhandisi Shavkat Xadjiyevning ta’kidlashicha, shahar hokimligi tomonidan rekonstruksiyaga doir barcha chora-tadbirlarni qonun-qoidalarga amal qilgan holda tashkil qilishga ko‘rsatma berilgan. Shu bois Ilmiy-ekspert kengashining ruxsati olinmagunga qadar ishlar boshlanmay turgan.
“Vaqtdan yutish maqsadida bino atrofiga havozalar joylashtirgan edik. Bu faol kuzatuvchilarni chalg‘itgan va ularda ta’mirlash ishlari boshlanib ketgan, degan tasavvur uyg‘otgan” deydi Shavkat Xadjiyev.
Eslatib o‘tamiz, AOKAning izohida Madaniy meros agentligi 2022 yil 5 avgustdagi 02-05/2405-son xatida Toshkent shahar madaniy meros boshqarmasiga binoni ta’mirlash-tiklash ishlarini boshlash uchun ruxsat bergani, loyiha hujjatlari Toshkent shahar madaniy meros boshqarmasiga taqdim etilgani, boshqarma tomonidan 2022 yil 8 avgustdagi 716-son xat bilan ta’mirlash-tiklash ishlarini olib borish uchun ruxsat berilgani aytilgandi.
Mavzuga oid
17:58 / 02.07.2024
Buxoroda Ark qo‘rg‘oni devoriga tirmashib chiqmoqchi bo‘lgan shaxs jarimaga tortildi
10:17 / 25.06.2024
Hududlarda 12 ta arxeologiya yodgorligiga 8,3 mlrd so‘mlik zarar yetkazilganligi aniqlandi
21:15 / 02.05.2024
Toshkentdagi noyob Usmon mushafi restavratsiya qilinadi
12:34 / 23.04.2024