Jahon | 22:27 / 26.08.2022
18361
5 daqiqa o‘qiladi

Foto: Xitoyda ham jazirama va qurg‘oqchilik

Xitoy so‘nggi oltmish yillikdagi eng issiq yozni boshdan kechirmoqda. Yevroosiyoning eng yirik daryosi bo‘lmish Yanszining o‘nlab irmoqlari sayozlashmoqda va qurimoqda.

Xitoyda ham, xuddi Yevropada bo‘lgani kabi, 2022 yil yozida ekstremal issiq va quruq havo kuzatilmoqda. Shu tufayli Yevroosiyoning eng uzun va sersuv daryosi hisoblangan Yanszi daryosida suv sathi ayrim joylarda XIX asr o‘rtalaridan buyon eng past darajaga tushdi, o‘nlab irmoqlar esa qurib qolmoqda. Qurg‘oqchilik sababli Xitoyda ayrim korxonalar faoliyati to‘xtab qoldi, elektr energiyasi taqchilligi boshlandi, yuklarni yetkazib berishda uzilishlar ro‘y bermoqda, meva va sabzavot narxlari ko‘tarilmoqda. Quyida suv yetishmovchiligi Xitoyga qay darajada ta’sir ko‘rsatgani aks etgan fotojamlanma.

Yanszining yirik oqimi bo‘lmish Jialingning Chunsindagi ko‘rinishi. 2022 yil 25 avgust.
Noel Celis / AFP / Scanpix / LETA
Xitoy janubi-sharqidagi Tszyansi provinsiyasida Poyanxu ko‘li o‘rtasidagi orolchada joylashgan ibodatxona. Bu mamlakatdagi eng yirik chuchuk suvli ko‘l hisoblanadi. 2022 yil 24 avgust. Foto: Thomas Peter / Reuters / Scanpix / LETA
Xitoy markaziy qismidagi Chunsin shahrida Jialing daryosining qurib qolgan o‘zanida turgan odamlar. Jialing — Yanszining yirik oqimi bo‘lib, ikki daryo Chunsinda birlashadi. 2021 yil 21 avgust. Foto: EPA / Scanpix / LETA
Chunsindagi Jialing daryosi o‘zanida qisqichbaqa ovlayotgan bolalar. 2022 yil 21 avgust. Foto: EPA / Scanpix / LETA
Chunsin munitsipalitetining 34 okrugida 66 daryo va irmoqlar qurib qolgan. 
Foto: EPA/Vostock-photo
Chunsindagi Jialing daryosida suv sathi o‘lchanadigan ustunni bo‘yayotgan ishchilar. 2022 yil 21 avgust
EPA / Scanpix / LETA
Chunsinda qurib qolgan apelsinlar. 2022 yil 25 avgust
Noel Celis / AFP / Scanpix / LETA
Tszyansi provinsiyasidagi qishloq aholisi o‘tloqdagi yong‘inni o‘chirishga urinmoqda. 2022 yil 25 avgust
Thomas Peter Reuters / Scanpix / LETA
Xitoyning eng yirik chuchuk suvli ko‘li Poyanxu ko‘li sohiliga chiqayotgan kishi, bu ko‘l qurg‘oqchilik tufayli quriy boshlagan, 2022 yil 24 avgust.
Thomas Peter Reuters / Scanpix / LETA
Shanhaydagi Xuanpu daryosi sohili, bu yerni yoritishda tejamkorlikka o‘tilgan. Suv taqchilligi tufayli Xitoy gidroelektrstansiyalari kamroq elektr ishlab chiqarmoqda. 2022 yil 23 avgust. Foto: Hector Retmal / AFP / Scanpix / LETA
Odatda Yanszi suvlari ostida qoladigan qoyada smartfoniga qarab o‘tirgan ayol, Chunsin. 2022 yil 19 avgust.
Mark Schiefelbein / AP / Scanpix / LETA
Yanszi daryosining Uhan shahridan o‘tgan qismida cho‘milayotgan kishi. 2022 yil 10 avgust. Foto: Getty Images
Tszyansi provinsiyasidagi Poyanxu ko‘li yilning bu davri uchun odatiy bo‘lgan hajmining chorak qismigacha qurigan.
Foto: CFOTO/Future Publishing via Getty Images
9 avgust kuni KXR hukumati yirik o‘rmon yong‘inlari va hosil past bo‘lishi tahdidi fonida 2020 yilda ilk bor qurg‘oqchilik xavfining milliy darajasini e’lon qildi.
Foto: Shen Junfeng/VCG via Getty Images
Uhanda - Yanszi daryosining asosiy qismi o‘tgan hududda mutaxassislar suv sathi 17,54 m ekanini qayd etishdi, bu avvalgi yillarda qayd etilganidan olti metrga kamroq. Foto: Getty Images
Siuchan va Xubey provinsiyalari rasmiylari issiq harorat qishloq xo‘jaligidagi minglab gektar yerlarni ishdan chiqargani va millionlab gektar yerlardagi hosilga zarar yetkazganini ma’lum qildi. Foto: VCG/VCG via Getty Images
Xitoy janubida iyul oyi boshidan buyon yuqori harorat saqlanib qolmoqda.
Foto: EPA/Vostock-photo
KXR hukumati anomal issiq fonida sun’iy yomg‘irlar yuzaga keltirgan holda hosilni saqlab qolishga urinmoqda.
Foto: CFOTO/Future Publishing via Getty Images

 

Mavzuga oid