Rajab Erdo‘g‘anning Samarqandga kelishi tasdiqlandi
Turkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘anning Samarqandda o‘tadigan Shanhay hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etishi tasdiqlandi.
TRT telekanaliga ko‘ra, Erdo‘g‘an avgust oyi boshida Sochidagi uchrashuvda Vladimir Putinga Samarqandda o‘tadigan sammitda ishtirok etishini ma’lum qilgan.
Toshkentda o‘tkazilgan brifingda ShHT bo‘yicha O‘zbekistonning milliy koordinatori Rahmatilla Nurimbetov Erdo‘g‘anning Samarqanddagi sammitga kelishi kutilayotganini tasdiqladi. Shuningdek, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhammedov ham kelishi kutilayotganini ma’lum qildi.
Avvalroq Eron nashri Suriya prezidenti Bashar Asad ham Samarqandda o‘tadigan sammitga kelib Turkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘an bilan uchrashi haqida xabar bergan, Nurimbetov esa bu ma’lumotni tasdiqlamagan edi.
Ma’lumot uchun, 2001 yilda tashkil etilgan ShHTga O‘zbekiston, Xitoy, Pokiston, Hindiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston va Rossiya a’zo hisoblanadi. Afg‘oniston, Eron, Mo‘g‘uliston va Belarus kuzatuvchi maqomida.
Mavzuga oid
09:28 / 08.11.2024
Samarqandga 100 ta elektrobus olib kelinadi
10:53 / 07.11.2024
Misr Samarqand viloyati tuman va shaharlarida suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilishi mumkin
16:43 / 06.11.2024
Erdo‘g‘an turkiyzabon davlatlarni umumiy alifboga o‘tishga chaqirdi
21:44 / 01.11.2024