Ukrainaning urushdan ko‘rgan zarari miqdori ochiqlandi
Ukrainaning Rossiya hujumi natijasida ko‘rgan zarari 326 milliard dollarni tashkil etmoqda. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Denis Shmygal Bryusselda bo‘lib o‘tgan “Ukraina-Yevropa Ittifoqi” assotsiatsiyasi yig‘ilishida ma’lum qilgan.
“Jahon banki ekspertlari bilan birgalikda qilingan hisob-kitoblarimizga ko‘ra, Rossiya tomonidan yetkazilgan to‘g‘ridan to‘g‘ri jismoniy zarar miqdori 326 milliard dollarni tashkil etmoqda”, – deya ta’kidlagan Shmygal.
Shuningdek, Ukraina bosh vazirining ma’lum qilishicha, mablag‘larning 105 milliard dollari vayron bo‘lgan obektlarni tiklash uchun sarflanishi kerak bo‘lgan aniq miqdor hisoblanadi.
“Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish istagi qat’iy va o‘zgarmas. Shuning uchun biz vizasiz rejim bo‘yicha kelishuvni imzolash va Yevropa Ittifoqining ichki bozoriga integratsiyalashuv bo‘yicha jadal harakat qilyapmiz. Yevropa Ittifoqidan Ukrainada so‘nggi oylarda amalga oshirilgan islohotlarga ijobiy baho bergani uchun minnatdormiz va shu yil oxirida YeIga qo‘shilish bo‘yicha aniq yo‘l xaritasiga o‘tishga tayyormiz”, – deya qo‘shimcha qilgan u.
Mavzuga oid
21:00 / 12.10.2024
Ukrainadagi urushda qatnashgan o‘zbekistonlik ustidan Rossiyada sud boshlandi
19:32 / 12.10.2024
«Ukraina G‘arb siyosatida endi birinchi emas» - OAV
00:49 / 12.10.2024
NYT: sentabr Rossiya Qurolli Kuchlari uchun eng halokatli oy bo‘ldi
19:38 / 11.10.2024