Andijonda pora talab qilgan bank boshqaruvchisi ushlandi
“Xalq banki” Paxtaobod filiali boshqaruvchisi MChJ bankda ta’minotchi korxona sifatida faoliyat yuritishiga sharoit yaratib berishi uchun har bir yo‘naltirib berilgan kredit summasining 2 foizi har oyda berib turilishini talab qilgan.
Kun.uz manbalarining xabar berishicha, huquq-tartibot idoralari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “Xalq banki” Paxtaobod filiali boshqaruvchisi F.Q. 1,7 mln so‘m va 300 AQSh dollarini pora sifatida olayotganda qo‘lga olingan.
U tadbirkor U.X. rahbarligidagi MChJning bankda ta’minotchi korxona sifatida faoliyat yuritishiga sharoit yaratib berishi uchun har bir yo‘naltirib berilgan kredit summasining 2 foizini har oyda berib turishini talab qilgan.
Xususan, bank boshqaruvchisi jamiyatga o‘tkazib berilgan jami 745 mln so‘m kredit hisobidan avvalroq 8 mln so‘mni olgan bo‘lib, qolgan pullarni olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Andijonda tuman poliklinikasiga hamshira sifatida ishga joylab qo‘yishini aytgan shaxs 1 500 dollar bilan ushlangani xabar qilingan edi.
Mavzuga oid
16:17
Andijonda ishchidan alimentdan qarzini ushlab qolmagan fermer jarimaga tortildi
11:52
Andijondagi xonadonlardan birida 4 kishi gazdan zaharlanib vafot etdi - manba
19:09 / 28.10.2024
“Ko‘p miqdorda jarimam bor edi” – Samarqandda pora olgan IIB xodimi qamaldi
11:38 / 25.10.2024