O‘zbekiston | 11:16 / 08.09.2022
9397
2 daqiqa o‘qiladi

Rashid Alimov: «ShHT harbiy-siyosiy ittifoq emas»

Shanhay hamkorlik tashkiloti (ShHT) yangi xalqaro munosabatlarning shakllanishi sharoitida o‘z salohiyatini oshirmoqda. Bu haqda Tojikiston prezidenti huzuridagi Davlat xizmati akademiyasi professori, ShHT sobiq bosh kotibi Rashid Alimov bayonot berdi.

Rashid Alimov

Alimov so‘zlariga ko‘ra, tashkilotning dunyodagi ahamiyati o‘sib bormoqda. Uning nufuzini Samarqand sammitida ishtirok etayotgan davlatlar rahbarlari tarkibi ham tasdiqlaydi.

"ShHT sammiti nafaqat Eronni tashkilotga qabul qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishi, balki, katta ehtimol bilan, keyingi nomzodni qabul qilish tartibini boshlash masalasini muhokama qilishi kutilmoqda", - dedi Alimov.

Uning qo‘shimcha qilishicha, hozirda tashkilotga a’zo bo‘lishni istagan davlatlarning 10 ga yaqin arizasi "ish stoli”da.

"ShHT na harbiy-siyosiy, na iqtisodiy ittifoqdir. Uning kuchli jihati — ishtirokchi davlatlar tengligi va birligi ", - deya ta’kidladi ekspert.

Tashkilotning Samarqand sammiti dunyo tinchligi, xalqaro xavfsizlik va butun insoniyat sivilizatsiyasi kelajagi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ladi, dedi ekspert.

Bundan oldin ShHT Samarqand sammitida Eron yangi doimiy a’zo sifatida tanishtirilishi xabar qilingandi

Mavzuga oid