BMT: 50 million odam zamonaviy qullikda
BMT hisob-kitoblariga ko‘ra, besh yil ichida mehnat qulligidagi yoki majburiy nikohda yashayotganlar soni 10 millionga oshgan.
2016 yildan buyon zamonaviy qullar soni 25 foizga oshgan: 28 million kishi majburiy mehnatga jalb qilingan, yana 22 million kishi o‘z xohishiga qarshi nikoh tuzgan. Bunday ma’lumotlar Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT), Xalqaro migratsiya tashkiloti (MT) va Walk Free xalqaro inson huquqlari guruhining 12 sentabr, dushanba kuni e’lon qilingan qo‘shma hisobotida keltirilgan. 2016 yilda ularning umumiy soni 40,3 mlnni tashkil etgan.
Tadqiqotchilarning fikricha, majburiy mehnatga jalb qilinganlarning aksariyati Osiyo-Tinch okeani mintaqasida - 15,1 million kishi. Yevropa va Markaziy Osiyoda 4,1 million, Afrikada 3,8 million, Amerikada 3,6 million, arab mamlakatlarida 0,9 million majburiy mehnat holatlari qayd etilgan.
Odamlarni zo‘ravonlik bilan ekspluatatsiya qilish dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida qayd etilgan, deya ta’kidlaydi tadqiqot mualliflari. Shunga qaramay, barcha qulliklarning yarmidan ko‘pi va majburiy nikohlarning to‘rtdan biri o‘rtacha daromadli mamlakatlarda sodir bo‘ladi. Migrantlar boshqa katta yoshli ishchilarga qaraganda uch barobar ko‘proq «qul» bo‘lib qolishadi.
Ular, ayniqsa, noqonuniy yoki noto‘g‘ri boshqariladigan migratsiya tizimi, shuningdek, ishga qabul qilish qoidalari va etikasining buzilishi tufayli odam savdosiga moyil, deb yozadi tadqiqotchilar. Migrantlarning majburiy mehnat va odam savdosiga nisbatan zaifligini kamaytirish, birinchi navbatda, migratsiya jarayonining barcha bosqichlarida inson huquqlari va asosiy erkinliklariga hurmatni ta’minlaydigan milliy siyosat va qonunchilik asoslariga bog‘liq, dedi MT rahbari Antonio Vitorino.
Majburiy mehnat holatlarining katta qismi (86 foizi) xususiy sektorga to‘g‘ri keladi. Ularning 23 foizi tijorat maqsadida jinsiy ekspluatatsiyaga, 63 foizi esa boshqa sohalardagi majburiy mehnatga tegishli. 14 foiz hollarda majburiy mehnat buni davlat majburlovi ostida amalga oshiradi. Mehnatga majburlanganlar orasida 3,3 million nafar bolalar bor. Ularning yarmidan ko‘pi tijorat maqsadida jinsiy ekspluatatsiyaga uchragan, deyiladi hisobotda.
Tadqiqotchilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, 2021 yilda 22 million kishi majburiy nikohda yashagan, bu besh yil oldingiga nisbatan 6,6 millionga ko‘p. Biroq bunday majburiy nikohlarning, ayniqsa, 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar ishtirokidagi nikohlarning haqiqiy soni ancha ko‘p bo‘lishi mumkin, deya ogohlantiradi mualliflar. Ko‘pincha bunday nikohlar o‘ziga xos patriarxal munosabatlar va urf-odatlar bilan bog‘liq: majburiy nikohlarning 85 foizdan ortig‘i qarindoshlarning bosimi ostida ro‘y beradi.
Majburiy nikohlarning uchdan ikki qismi (65 foizi) Osiyo-Tinch okeani mintaqasida sodir bo‘ladi. Arab davlatlarida har 1000 kishidan deyarli beshtasi majburan turmushga chiqadi, bu dunyodagi barcha mintaqalar orasida eng yuqori ko‘rsatkichdir.
Mavzuga oid
17:39 / 07.11.2024
BMT Markaziy Osiyoda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar soni kamayganini qayd etdi
17:00 / 05.11.2024
O‘tgan yuz yilda sunami 260 mingdan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘ldi - BMT
14:10 / 05.11.2024
BMT: RF va KXDR o‘rtasidagi hamkorlik «xavfli eskalatsiya»ga olib keladi
13:50 / 05.11.2024