O‘zbekiston | 21:00 / 14.09.2022
25128
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy rahbari Samarqandga keldi

14 sentabr kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Jinping davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.

Samarqand xalqaro aeroportida Xitoy yetakchisini davlatimiz rahbari kutib oldi.

Milliy kuy-qo‘shiqlar, raqslar ijro etildi.

Tashrifning asosiy tadbirlari 15 sentabr kuniga mo‘ljallangan. Shu kuni oliy darajadagi O‘zbekiston-Xitoy muzokaralari bo‘lib o‘tadi.

Avval xabar qilinganidek, Xitoy Raisi 16 sentabr kuni Shanhay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadi.

Mavzuga oid