Germaniya: Ukrainani tiklash uchun 350 milliard yevro kerak
Germaniya vitse-kansleriga ko‘ra, 350 milliard yevro miqdorini Ukraina iqtisodiyot vaziri Yuliya Sviridenko unga aytgan. Habek Ukraina uchun xususiy sarmoya samaradorligini oshirish uchun fond tashkil qilishga chaqirdi.
Ukrainani qayta tiklash uchun taxminan 350 milliard yevro kerak bo‘lishi mumkin, dedi Germaniya vitse-kansleri, mamlakat hukumatida iqtisodiyot vaziri lavozimini ham egallab turgan Robert Habek. «Bu juda katta pul», deb tan oldi 15 sentabr, payshanba kuni Brandenburgda bo‘lib o‘tgan G7 iqtisodiyot vazirlari konferensiyasida Habek.
Vitse-kansler bu pul haqida unga G7 anjumanida mehmon sifatida ishtirok etayotgan Ukraina iqtisodiyot vaziri Yuliya Sviridenko aytganini tushuntirdi. Robert Habekning so‘zlariga ko‘ra, bunday mablag‘ni to‘plash uchun xususiy sarmoya samaradorligini oshirish jamg‘armasini tashkil etish kerak. Habekning ta’kidlashicha, nemis firmalari Ukrainaga sarmoya kiritishlari mumkin - infratuzilma obektlari yo‘qotilgan yoki yo‘q qilingan taqdirda tegishli kafolatlar mavjud.
O‘z navbatida, Yuliya Sviridenko so‘nggi olti oy ichida Ukraina likvidlikni saqlab qolish uchun jahon hamjamiyatidan 19 milliard yevro miqdorida yordam olganini aytdi.
Mavzuga oid
21:00 / 12.10.2024
Ukrainadagi urushda qatnashgan o‘zbekistonlik ustidan Rossiyada sud boshlandi
19:32 / 12.10.2024
«Ukraina G‘arb siyosatida endi birinchi emas» - OAV
00:49 / 12.10.2024
NYT: sentabr Rossiya Qurolli Kuchlari uchun eng halokatli oy bo‘ldi
19:38 / 11.10.2024