Janubiy Koreya Toshkent viloyatiga investitsiya kiritishni rejalashtirmoqda
Janubiy Koreyalik investorlar bilan Toshkent viloyatida navbatdagi to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.
O‘zbekistonda amaliy safar bilan bo‘lib turgan Janubiy Koreyaning yirik qurilish kompaniyalaridan biri - Hanshin Engineering & Construction boshqaruvi raisi Chxve Yon Son boshchiligidagi delegatsiya vakillari Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Uchrashuv chog‘ida joriy yil 5-10 sentabr kunlari Toshkent viloyati hokimining Janubiy Koreyada yirik korxona rahbarlari bilan o‘tkazgan muzokaralarida erishilgan kelishuvlarni hayotga tatbiq qilish masalalari muhokama qilindi.
Hanshin Engineering & Construction kompaniya vakillari bilan «Nurafshon biznes-siti» hududida ko‘p qavatli uylar, mehmonxona va tijorat binolari qurish hamda Toshkent viloyati hududida zamonaviy tipdagi «Aqlli tibbiyot shahar klasteri» loyihasini amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.
Janubiy Koreya investorlari qurilish, logistika, turizm sohalari bo‘yicha o‘zlarining hamkorlik loyihalarini taqdim etdi. To‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi. Loyihalarni to‘laqonli va sifatli amalga oshirish maqsadida ishchi guruh tashkil qilish masalalari alohida ko‘rib chiqildi.
Mavzuga oid
12:30
Janubiy Koreya va YeI KXDR askarlari Rossiyaga yuborilganini qoraladi
10:30
YeI va Janubiy Koreya mudofaa sohasida hamkorlik qilishga kelishib oldi
21:13 / 04.11.2024
Janubiy Koreyada «yolg‘izlik epidemiyasi»: odamlar tashqi dunyodan uzilib, yaqinlaridan uzoqda vafot etmoqda
08:30 / 04.11.2024