Navoiyda sud raisiga vazifa yuklatilgan mahalliy kengash qarori o‘zgartirildi
Xalq deputatlari Konimex tumani kengashining qarori sud ishlariga aralashish, sudya daxlsizligiga ta’sir o‘tkazishi ehtimolini yaqqol yuzaga keltirgan, deb topildi.
Xalq deputatlari Konimex tumani kengashining 2022 yil 5 avgustdagi tegishli qarorida jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi raisiga bir qator vazifalar yuklatilgan. Kengash qarorida ko‘rinishicha, sud raisiga ommaviy axborot vositalari bilan o‘zaro hamkorlik olib borish, aholi bilan muloqotni yo‘lga qo‘yish, sudyalar tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishi hamda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari o‘z muddatlarida ko‘rib chiqilishini ta’minlash, odil sudlovga erishish darajasini va uni amalga oshirish sifatini yaxshilash bo‘yicha takliflar tayyorlash kabi vazifalar belgilab berilgan.
Sudyalar oliy kengashining xabar berishicha, mazkur qaror (xususan, uning 2-bandi) sud ishlariga aralashish, sudya daxlsizligiga ta’sir o‘tkazishi ehtimolini yaqqol yuzaga keltirgani bois uni bekor qilish masalasida Sudyalar oliy kengashi raisi tomonidan Bosh prokuraturaga taqdimnoma kiritilgan. Natijada xalq deputatlari Konimex tuman kengashining qarori o‘rganilib, uni bekor qilish haqida prokuratura tomonidan protest kiritilib, qarorning 2-bandi bekor qilingan.
Oldinroq jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi raisiga qator vazifalar yuklatilgani uchun xalq deputatlari Bo‘ston tuman kengashining qarori ham bekor qilingandi.
Mavzuga oid
16:28 / 01.11.2024
Zarafshon shahri aeroporti faoliyati tiklanishi mumkin
12:39 / 01.11.2024
Kichik GESlar “sanoat ipotekasi” asosida tadbirkorlarga beriladi
12:38 / 01.11.2024
O‘zbekistonda geologiya sohasida yangi tizim joriy etiladi
19:12 / 31.10.2024