O‘zbekiston | 10:27 / 07.10.2022
5365
2 daqiqa o‘qiladi
Maktab o‘quvchilarini ma’naviy tarbiyalash konsepsiyasi tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy hamda tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Konsepsiya prezidentning “Xalq ta’limini rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan va quyidagilarni nazarda tutadi:
- maktab ta’limini umummilliy harakatga aylantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni mazmunan yangi bosqichga ko‘tarish;
- maktab o‘quvchilari kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish, ma’naviy kuch va milliy iste’dodlarni saqlash;
- harbiy vatanparvarlik hamda buyuk ajdodlar jasoratini targ‘ib etish, o‘rganish;
- uzluksiz ta’lim tizimida ma’naviy tarbiya asoslarini kuchaytirish;
- o‘quvchilarni zamonaviy bilim va tajriba, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash jarayonida maktab, mahalla va oila hamkorligini mustahkamlash.
Hujjat bilan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasini amalga oshirish yuzasidan “yo‘l xaritasi” tasdiqlandi.
Mavzuga oid
15:09 / 01.01.2024
Hududlarda 4 ta sektorga qo‘shimcha ravishda ma’naviyat sektori tashkil etiladi
18:53 / 18.04.2023
«Achinarli va uyatli» - vazir Surxondaryoda ayol o‘qituvchilar kaltaklanishi haqida
15:26 / 17.04.2023
Makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti va Biznes oliy maktabi tuzilmalari tasdiqlandi
15:51 / 14.04.2023